Anna Vladimirovna (tugʻilgan sanasi 1882-yil 31-dekabr (ba’zi manbalarda 1883-yil 13-yanvar deb keltirilgan) — 1973-yil 30-avgust, Toshkent) — rus, sovet yozuvchisi, tarjimon. "Olma-ota" - uning adabiy taxallusi hisoblanadi. Qizlik familiyasi - Drjeviskaya, turmush oʻrtogʻiniki - Pankratiyev.
Tarjimai hol Anna Vladimirovna Toshkent proletar yozuvchilar uyushmasi (TPYOU) asoschilaridan biri edi. U 1902-yildan boshlab ijod qila boshladi.
Olmaotaning eng mashhur asari – “Zulm” (uchta kitob) romani u qariyb chorak asr davomidaРоман вышел в свет вышел в 1957—1960 годах. yozilgan, birinchi nashrida inqilobdan avvalgi Turkiston hayotining yorqin tasvirini ifodalagan boʻlsa, keyingilarida Oʻrta Osiyoda 1905-1907 va 1917-yillardagi inqilobiy voqealarni gavdalantirgan.
A.Olmatinskaya birinchi Turkiston adabiy-badiiy almanaxi «Dasht saroblari» (1914) muharriri boʻlib, unda uning bir qancha she’rlari nashr etilgan.
Anna “Yoʻl yoqasidagi oʻtlar” she’riy va nasriy toʻplami (1927), “Quyoshga qasam”, “Oʻlimni yengib” (N.M.Mahmudova bilan hammualliflikda) hikoyalari va “Oʻtmish xotiralari” kitobi muallifi hamdir. (1971).
Shuningdek, A.Olmatinskaya oʻzbek adiblari, jumladan, Asqad Muxtor, Said Nazir va boshqalarning asarlarini oʻzbek tilidan rus tiliga tarjima qilgan.
A.Olmatinskaya Toshkentda yashab, vafot etgan. U Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.
Mukofotlar
1959-yil 18-martda Mehnat Qizil Bayroq ordeni 1972-yil 29-dekabrda sovet adabiyoti sohasidagi xizmatlari uchun va tavalludining toʻqson yilligi munosabati bilan “Shon-sharaf belgisi” ordeni bilan ham taqdirlanganУказ Президиума Верховного Совета СССР от 29 декабря 1972 года № 3739 «О награждении писательницы Алматинской А. В. орденом «Знак Почёта»
Manbalar
Havolalar Anna Vladimirovna Almatskaya Roman ESIKOV. Anna Almatinskayaning "ZULM".
Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Kishilar Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:1973-yilda vafot etganlar Turkum:30-avgustda vafot etganlar Turkum:1882-yilda tugʻilganlar Turkum:31-dekabrda tugʻilganlar Turkum:Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik tarjimonlar