Maginot chizigʻi (1930) Birinchi jahon urushining mashhur qoʻmondoni Jozef Joffre Germaniyaning navbatdagi bosqinini imkonsiz qiladigan mustahkam mudofaa chizigʻini oʻylab topdi. Fransiya harbiy vaziri Andre Maginot qurilishni boshlagan (1930) va istehkom uning nomi bilan atalgan edi. Natijada keng va murakkab mudofaa tizimi paydo boʻladi. Bu mudofaa istehkomlarning oxirgisi emas edi — bu Gitlerning tashvishlanishiga arzidigan yanada kattaroq Atlantika devori edi. Fransiya oʻz qirgʻoqlari boʻylab va Shimoliy Afrika yerlarida mudofaa qurdi. Kaufmann Bu ulkan mudofaa tizimi edi, ularning aksariyati yer ostida qurilgan. Bomba oʻtkazmaydigan artilleriya qutilarini himoya qiluvchi tankga qarshi oʻrindiqlar va hap-dori qutilari bilan bir-biriga bogʻliq boʻlgan uchta mustahkamlangan tizinlari bor edi. Ushbu beton va poʻlatdan yasalgan joylar Lyuksemburg va Shveysariya oʻrtasidagi hududlarda choʻzilgan. Artilleriya joylashgan hudud va oʻzaro bogʻlangan kuchli nuqtalar nemis bosqinini toʻxtatish uchun moʻljallangan edi. Maginot chizigʻi tarixga ulkan harbiy muvaffaqiyatsizlik sifatida kirdi. Negaki bu aslida, bu nemislarning yorib oʻtishiga toʻsqinlik qildi, ammo nemislar uni aylanib oʻtishdi. Maginot nemislarni aylanib oʻtishga majbur qilgan boʻlsa-da, unga sarflangan xarajat Fransiya uchun judayam qimmatga tushgan edi. U 7,000 million frankga tushdi va Fransiya mudofaa xarajatlarining katta qismini talab etgan edi. Fransuz harbiy amaldorlarining rejalariga koʻra Maginot chizigʻining shimolidagi kuchli oʻrmonli va tepalikli hudud boʻlgan Ardenlar hududidan tanklar oʻtolmasligiga, shuning uchun uni osongina himoya qilish mumkinligiga ishonishdi. Ehtimol, Maginot chizigʻining eng katta zaif tomoni xarajatda edi. Fransiya bunga shunchalik koʻp pul sarfladiki, u hatto kuchli mudofaa chizigʻi orqasida mudofaasida turuvchi uchun zarur boʻlgan havo kuchlari, mobil zirh va piyoda askarlarini eʼtiborsiz qoldirdi, yaʼni ularga mablagʻ kam sarflandi. Bu, albatta, juda muhim edi, chunki Maginot chizigʻi hech qachon oxiriga yetmagan, qurilish tugallanmagan, Maginot chizigʻini yanada davom ettirish rejalari mavjud boʻlgan. Shunday qilib, Maginot chizigʻi Belgiya davlati chegarasida toʻxtaydi.

Siyosiy boʻlinish Fransiya Birinchi jahon urushida gʻalaba qozongan boʻlsa-da, bu juda qimmatga tushdi. Siyosiy muhit tobora boʻlinib bordi. Millatchilik, sotsialistik pasifizm, antisemitizm, ksenofobiya va boshqa siyosiy mavzular urushdan keyingi siyosiy maydoniga chiqadi. Oʻta oʻng va fashistik partiyalar paydo boʻldi, garchi ular koʻplab kichik partiyalar orasida boʻlinib ketgan boʻlsalar ham. Soʻl partiyalarning ahamiyati ortib bordi va saylovlarda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi. 1930-yillardagi depressiya siyosiy ziddiyatlarni yanada kuchaytirdi. Leon Blum boshchiligida bir muddat Xalq fronti hukumati tuziladi.

Fransuzlarning muvaffaqiyatsizligi Buyuk Britaniya-Germaniya dengiz shartnomasi imzolanishi bilan inglizlar nemislar bilan biroz boʻlsada tinchlantirish siyosatini boshlagan edi. Ular Fransiya bilan ingliz-nemis dengiz shartnomasini tuzish haqida maslahatlashib ham koʻrmagan. Fransuzlar dastlab nemislarga qarshilik koʻrsatish uchun oʻzlar ittifoqchi davlatlarsiz siyosat olib borishga harakat qilishdi, ammo bu muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Germaniya qayta qurollanishidan oldin beʼmalol Fransuz armiyasi Germaniyaning ichki-ishlariga beʼmalol aralashishi mumkin edi. Birinchi jahon urushi paytida Fransuz armiyasi gʻarbiy frontning tayanchi boʻlgan edi va oʻz navbatida 1935-yilda Yevropagi eng kuchli armiyaga ega davlat ham edi. Germaniyaning qayta qurollanishi Fransiyani tashvishga solidi va Fransuzlarning Germaniyani kuchayib ketishiga qarshi harakatlari samarasiz tugaydi. Shunday sharoitda Sovet davlatidan yordam soʻrash ayni muddua edi. Fransiya hukumatidagi antikommunistlar harbiy harakatlarni Sovetlar bilan birgalikda davom ettirish uchun Sovet va Fransiya Bosh shtablari oʻrtasidagi uchrashuvlarga ruxsat berishdan bosh tortdilar. Yevropaning Sharqida polyaklar va ruminiyaliklar nemis hujumiga uchrashganida sovet qoʻshinlarining gʻarbga harakatlanishini maʼqullashdan bosh tortdilar. Nemislar Reyn hududlarini harbiylashtirgandan soʻng, Fransiya armiyasi Polsha, Chexoslovakiya, Ruminiya va Yugoslaviya kabi mamlakatlarga yordam berishga mutlaqo imkoni qolmadi. Natijada Kichik Antanta qulab tushdi. Italiyaning Efiopiyaga bostirib kirishi va Ispaniya fuqarolar urushi kabi boshqa voqealar Fransuz pozitsiyasini yanada zaiflashtirdi. Shunday qilib, Germaniya qayta qurollangan davrda Fransiyada Buyuk Britaniyaga ergashishdan boshqa iloji qolmadi va Gitlerni tinchlantirishga qaror qildi.

Xalq fronti (1936) Xalq fronti kommunistlar, sotsialistlar va boshqa soʻl qanot siyosiy partiyalarning koalitsiyasi boʻlib, 1930-yillarda Fransiyada siyosiy hokimiyat va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish uchun paydo boʻlgan. Bu fashizm tahdidiga, ayniqsa Germaniyada fashistlarning kuchayishiga munosabat edi. 1936-yilgi saylovlarda Xalq fronti gʻalaba qozondi va Léon Blum Fransiyaning birinchi sotsialistik bosh vaziri boʻldi. Depressiya Xalq fronti gʻalabasiga asosiy sabab boʻldi. Xalq frontining iqtisodiy siyosati umuman muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ular ishchilar uchun qisqaroq ish soatlari va yozgi taʼtillar kabi yutuqlarga erishdilar. Biroq, bu hukumat davrida hosildorlikning oshishi taʼminlanmadi. Buning taʼsiri natijasida Fransiya sanoati va ishlab chiqarishini keskin kamaydi, nemis zavodlari esa toʻliq quvvat bilan qurol va boshqa harbiy texnika ishlab chiqara boshladi. 1936-yilgi ish tashlashlar hukumatning obroʻsiga taʼsir qildi. Hukumat Yevropadagi birinchi fashistik harbiylarning ekspluatatsiyasi boʻlgan Ispaniya fuqarolar urushiga aralashmaslikka qaror qildi. Xalq fronti nafaqat siyosiy harakat, balki ijtimoiy va madaniy harakat ham edi. Harakatning maqsadi 1930-yillarda Fransiyaning yuqori darajada boʻlinib ketgan jamiyatini ajratib turuvchi anʼanaviy toʻsiqlarni yoʻq qilish edi. Bu hukumatning baʼzi islohotlarining natijasizligi tyfayli „Blumdan koʻra Gitler yaxshiroq“ degan ibora eshitila boshladi. 1940-yilda Germaniya gʻalabasidan keyin Blum va Xalq frontini Fransuz harbiy amaldorlari emas, balki Vichi siyosatchilari aybladilar. Xalq fronti oʻz oldiga qoʻygan koʻplab maqsadlarni amalga oshira olmaydi, ayniqsa, Fransiyani nemislarga qarshilik koʻrsatishga tayyorlamagan boʻlsa-da, Xalq fronti haqidagi afsona zamonaviy Fransiyada afsonaviy maqomga ega boʻldi. Myunxen (1938-yil sentabr) Gitler Sudetdagi etnik nemislarga nisbatan yomon munosabatda boʻlayotganini daʼvo qilib, Chexoslovakiyaga qarshi oʻz qarashlarini kuchaytira boshladi. Natsistlarni qayta qurollantirish dasturiga asosan , Reyn va Anshlyusni Avstriya bilan qayta harbiylashtirish Chexoslovakiya uchun xavotirli ish boʻldi. Bundan tashqari, Britaniya va Fransiyadan umuman javob boʻlmadi. Fransiya bilan mudofaa ittifoqiga ega boʻlgan chexlar jangga tayyor edilar. Gitler 1938-yilda nemis aholisi ozchilikni tashkil etgan Chexoslovakiyadagi Sudet talab qildi. Nevill Chemberlen -Buyuk Britaniya Bosh vaziri urushga „… biz yaxshi bilmaydigan odamlar oʻrtasida uzoq mamlakatda janjal kelib chiqishi“ tahdid solishi naqadar dahshatli ekanligini bilamiz. Britaniya parlamentining taniqli aʼzosi matbuotga: „Nima uchun Bolqondagi bizlarga nisbatan past davlat bilan ovora boʻlishimiz kerak?“ Yakunda inglizlar va Fransuzlar Myunxenda boʻlib oʻtgan muzokaralarda taslim boʻlishdi yaʼni Gitler oʻz maqsadiga erishdi. Chemberlen Londonga qaytib kelib, Gitler tomonidan imzolangan shartnomani oladi va uni kutib turgan jurnalistlarga „tinichlik“ kafolatlanganligiga ishontirdi. Yevropa yetakchilaridan biri Sovet Marshall Stalin Myunxen konferentsiyada boʻlmagan va ingliz va fransuzlar Gitlerga qarshi ittifoqchi davlatlar sifatida ishonish mumkin emas degan xulosaga keldi. Amerika Qoʻshma Shtatlarining taʼsiri kamroq edi albatta. Myunxen haqida koʻplab javobsiz savollar mavjud. Baʼzilarning taʼkidlashicha, agar ittifoqchilar oʻzlarining shartnoma majburiyatlarini bajargan boʻlsalar, Vermaxt urushga bormasdan, Gitlerni hibsga olgan boʻlar edi.

Urush deklaratsiyasi (1939-yil sentabr) Natsistlar va Sovet Ittifoqi davlatlari oʻrtasidagi oʻzaro hujum qilmaslik toʻgʻrisidagi pakt (1939-yil avgust) Germaniyaning Polshaga bostirib kirishini va boʻlinishini deyarli kafolatladi. Natsistlar Polshaga bostirib kirdilar (1939-yil 1-sentabr), sovetlar esa sharqdan (17-sentabr) hujum qildilar. Gitler nihoyat oʻzi xohlagan narsaga erishdi, u buyuk urush rahbari boʻldi. U endi oʻzidan nafratlangan siyosatchilar bilan tamomila aloqalarni uzdi, Britaniya ham, Fransiya ham Polshaga nisbatan majburiyatlarga ega edi. Ikkalasi ham natsistlarni chekinishg, Polshadan chiqib ketishini talab qildi, lekin natijalar samarasiz boʻlib chiqdi. Natsistlar javob bermagach, Fransiya Angliya kabi Germaniyaga urush eʼlon qildi (1939-yil 3-sentabr). Bosh vazir Chemberlenning xalqqa radio murojaati tarixdagi eng mashhur radio murojaatlardan biridir. Uning ovozi urush qilishga tayyor boʻlgan qatʼiy rahbarlardan biriga oʻxshamasdi, vada bergan tinchlik kafolatini bajara olmagan qalbi singan odamga oʻxshardi. Buyuk Britaniya va Fransiyaning asosiy manfaatlari urush qilish emas, balki qurbonlarning oldini olish edi. Ittifoqchilar Polshaga yordam berishga urinishmadi. Gitler ular hujum qilmasliklarini hisoblab chiqdi va shuning uchun Vermaxtning toʻliq kuchi Polshaga tashlashga qaror qildi. Fransuz armiyasi Maginot chizigʻining orqasida xavfsiz tarzda qolidi. Inglizlar Britaniya ekspeditsiya kuchlarini (BEF) shimoliy Fransiyaga koʻchirishni boshladilar va Belgiya chegarasi boʻylab pozitsiyalarni egalladilar. Belgiya, oʻz navbatida, betaraflik ularni urushda qatnashishdan qutqaradi, deb umid qilgan edi. Polshaga yordam berish oʻrniga, Buyuk Britaniya ham, Fransiya ham oʻz farzandlarini qishloqqa joʻnatib, beʼmalol urush harakatlarini qilmadi.

Soxta urush (1939-yil sentabr — 1940-yil aprel) Natsistlarning Polshani bosib olishi Gʻarb davlatlarining harakatsizligiga olib keldi. Germaniyaning navbatdagi qadami Gʻarbga zarba berish ekanligiga shubha yoʻq edi. Gitler bir nechta Gʻarbiy Front hujumlarni rejalashtirgan, ammo Bosh shtab turli sabablarga koʻra, birinchi navbatda ob-havoning mos kelmasligi tufayli uni amalga oshirmaslik koʻndirishga muvaffaq boʻldi. Gʻarb davlatlarining „Harakatsizlik“ pozitsiyasi matbuot tomonidan „Soxta urush“ deb nomlandi — bu atama dastlab senator Bora tomonidan ishlab chiqilgan. Fransiya armiyasi Maginot chizigʻidan tashqariga chiqishdan bosh tortdi. Aslida, bu Buyuk Britaniya va Fransiya bilan Germaniyaning muqarrar Gʻarbiy hujumini yengish uchun qayta qurollantirishga urinayotgan halokatli poyga edi. Nemislar Amerika sanoati koʻmagida qayta qurollanishdan oldin ittifoqchilarni toʻla tor-mor qilishlari kerak edi.

Fransiya uchun jang (1940-yil may-iyun)