Pinsa (, Ven ven. pinsa) Italiyaning Veneto, Friuli viloyatlarida va Trentinoning baʼzi hududlarida keng tarqalgan anʼanaviy shirinlik. Biroq, ushbu nom bir-biridan butunlay farq qiluvchi shirinliklar, misol uchun Bolonya (Italiya ) yoki Triest pinsasi singari turli pishiriqlarga nisbatan ishlatilishi ham mumkin.
Retseptlar mintaqalarga qarab farqlanadi, ammo barcha retseptlar orasida umumiy xususiyatlar mavjud. Tarkibiy mahsulotlar juda oddiy, qishloq oshxonasiga xos, ammo bugungi kunda ular oʻtmishdagiga nisbatan anchagina xilma-xil boʻlib, boyib qolgan: shirinlik bugʻdoy va makkajoʻxori uni, xamirturush, shakar va tuxum aralashmasidan tayyorlanadi, unga sukatlar, quritilgan anjir, mayiz va arpabodiyon urugʻlari qoʻshiladiVeneto, EDT, ] . Pirogning ustidan qizil sharob, fragolino yoki glintveyn quyiladi.
Shirinlik (diametri bir metrgacha boʻlishi mumkin) odatda Rojdestvo va yanvar oyida ulkan gulxanlarda qoʻriqchilar yoqib nishonlanadigan mashhur „Falò di inizio anno“ („Yil boshi gulxani“) bayrami arafasida isteʼmol qilinadi.
Italiyaning ayrim viloyatlarida ushbu anʼana Panevìn (lit. „non va sharob“), shuningdek, pìroe-paroe, panaìni, panevìni, pignarûl, vècie, casere deb ham ataladi. Bayram kechasida issiq grog — „vin brulè“ (vin brulè) ichishadi va pinsa pirogini gazak sifatida isteʼmol qilishadi. Aytishlaricha, Muqaddas kechada sehrgar Befana bolalarni koʻrishga keladi, ularni shirinliklar, masalan, pinsa pirogi bilan siylaydi. Shuning uchun, ushbu shirinlik „Befana pirogi“, "Befana torti " yoki „Marantega torti“ (Befananing boshqa bir ismi) nomlari bilan ham ataladi.
Ushbu soʻzning etimologiyasi „pitsa“ soʻzi bilan bir xil ekanligi taxmin qilinadi.
Pirog anʼanaviy italyan taomlari roʻyxatiga kiritilgan ().
Yana qarang
Panettone
Manbalar
Turkum:Pishirish Turkum: Italiya oshxonasi Turkum:Italiya pishiriqlar Turkum:Rojdestvo oziq-ovqat