"Espresso martini" ()― aroq, qahva likyori, espresso qahva va shakar sharbatida asoslangan kokteyl. Dijestif (shirinlik) sifatida tasniflanadi. Bu Xalqaro Barmenlar Assotsiatsiyasining (IBA) rasmiy kokteyllaridan biri boʻlib, „Yangi davr ichimliklar“ toifasi () ga kiradi.
Retsept va masalliqlar Tarkibi:
aroq — 50 ml qahva likyori — 10 ml sovuq espresso qahvasi — 1 porsiya (30 ml) shakar sharbati — mehmonning didiga va xohishiga koʻra.
Tayyorlash usuli: sheyk& streyn. Masalliqlar (komponentlar) maxsus aralashtirgich stakanida (sheyker) da aralashtiriladi, chayqatiladi, keyin suziladi va kokteyl stakaniga yoki Martini stakaniga filtrlanadi .
Manbalar
Turkum:Qahva ichimliklari