Suzuvchi orol yoki île flottante beze va ingliz kremidan tashkil topgan fransuzcha desertdir.
Beze suv hammomida pishiriladi va ingliz kremi qatlamida tortiladi, natijada desert haqiqatan ham krem dengizida suzuvchi orolga oʻxshaydi. U karamel, bodom boʻlaklari, maydalangan praline yoki limon qobigʻi bilan bezatilishi mumkin.
„Suzuvchi orol“ga oʻxshash desert boʻlmish qorchalar () shakar kukuni va limon kislotasi bilan aralashtiriladigan koʻpirtirilgan tuxum oqsilidan tayyorlanadi, qoshiq bilan sharik yoki pilakchalar shaklida kesiladi va 3-5 daqiqa davomida suv yoki sutda qaynatiladi. Tayyor qorchalar kapgir bilan olinadi va suvi toʻkib tashlanadi, soʻngra shirinlik yoki salat idishlarida vanil yoki meva qaylasi bilan servirovka qilinadi.
Desertning ikkala navi ham Fransiya va AQShda mashhurdir. Soʻrovlarga koʻra, „suzuvchi orol“ fransuzlarning sevimli desertlaridan biri.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
Turkum:Desertlar