BaksanБакса́н // Большая советская энциклопедия : [в 30 т.] / гл. ред. А. М. Прохоров. — 3-е изд. — М. : Советская энциклопедия, 1969—1978. (Azau; karach.-balk. Basxan, kabard.-cherk. Bahsen) — Kabardin-Balkar Respublikasi Shimoliy Kavkazdagi daryo. Malkaning oʻng irmogʻi (Terek havzasi). Manbada daryoning yuqori oqimi ba’zan Azau nomi bilan uchraydi. Suvning oʻrtacha sarfi — 33,6 m3/s.

Tavsifi Daryoning uzunligi 169 km, suv havzasi 6800 km²Баксан (Азау) : [рус.] / verum.wiki // Государственный водный реестр : [арх. 15 октября 2013] / Минприроды России. — 2009. — 29 марта.. Baksan Elbrus mintaqasidagi Katta Azau va Kichik Azau muzliklaridan boshlangan. Asosan, muzlik, qor va yer osti suvlaridan iborat. Iyul-avgust oylarida suv sathi koʻtariladi. Uning koʻplab irmoqlari bor, ulardan eng yiriklari Cherek va Chegem daryolari boʻlib, ular Malka bilan qoʻshilish joyidan biroz yuqoriroqda quyiladi.

Baksan va uning irmoqlarining yuqori oqimida Baksan, Jan-Tuugan, Elbrus va boshqalar alpinistlik lagerlari, Prielbrusye milliy bogʻi va Terskol rasadxonasi joylashgan.

Baksan daryosi boʻyida — Tyrnyauz va Baksanda shaharlari va uning Malkaga oqib oʻtadigan joyining qarshisidaProxladniy shahri joylashgan.

Quyi oqimida suvdan sugʻorish uchun foydalaniladi (Baksan sug'orish tizimi), daryoda Baksan GESi qurilgan.

Ifloslanish darajasi oshganПоказатели состояния подземных вод в 2000 году. Минприроды России: mnr.gov.ru.

Etimologiyasi Daryo nomining etimologiyasi bir necha kelib chiqish variantlariga ega. Daryoning Kabardiyacha nomi Baxsen boʻlib, uni "ekin bugʻi"Е. Д. Налоева «Кабарда в первой половине XIII века». Глава: Гидронимика Кабарды. Стр 164 yoki — "koʻpikli"А. В. Твердый Топонимический словарь Кавказа: Баксан deb tarjima qilish mumkin. L. V. Vegener toponimi Balkar basxani — "toshqin" ga asoslangan boʻlishi mumkin deb hisoblagan.

Manbalar

Adabiyotlar

Баксан // Словарь современных географических названий / Рус. геогр. о-во. Моск. центр; Под общ. ред. акад. В. М. Котлякова. Институт географии РАН. — Екатеринбург: У-Фактория, 2006. Баксан // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—1907.

Turkum:Elbrus mintaqasidagi daryolar Turkum:Kabardino-Balkariya daryolari Turkum:Malka irmoqlari