thumb|220x220px| Youhikko. Kareliya Respublikasi Milliy muzeyi Youhikko (karel. va fincha: jouhikko, shuningdek, ), kamonli kantele – karel-fin kamonli cholgʻu asbobidirKareliya ofitsialnaya. Youxikko.

Umumiy maʼlumotlar Youhikko qoraqaragʻay, qaragʻay yoki qayindan yasaladi.

Shakli Qoʻl uchun maxsus kesigi bor, keng figurali boʻyinli, qorni ingichka koʻrinshga ega. Torlari (ikki yoki uchta), qoidaga koʻra, qildan ("jouhi" – oʻzbekcha „ot qili“, shundan cholgʻu 'youhikko' nomini olgan) yoki toʻrt yo olti ipdan iborat boʻlib, iplar quloqlar yordamida tortiladi. Bugungi kunda youhikko uchun sintetik va metall torlar (alt yoki gitara) ishlatiladi. Kamonchasi yoy shaklida.

Ushbu asbob fin va karel xalq musiqasi ijrochilari orasida juda mashhur. Anʼanaviy ijrochilarning repertuarini runik, qoʻshiq va raqs kuylari tashkil etadi.

1970-1980 – yillarda Youhikko chalish anʼanasiga yangi hayot berildi. Sibelius фkademiyasida (Xelsinki) va Xalq musiqasi institutida (Kaustinen, Finlandiya) youhikko yasash va chalishni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslari ish boshladi.

Chalish usuli Youhikkoning pastki qirrasi oʻtirgan sozandaning oʻng sonining ichki yonida, tizzasidan sal yuqorida joylashadi, korpusining yon tomoni esa chap songa tegib turadi. Bosh barmoq tutqichni ushlaydi, chap qoʻl barmoqlari (bosh barmogʻidan tashqari) yuqoridagi teshikchadan oʻtkazib olinadi. Kamoncha qamishga tortiladi, oʻrta va nomsiz barmoqlar tor va qamish orasida turadi. Chap qoʻl barmoqlarini bosib tor qisqartiriladi. Barmoqlarni oʻziga xos tuta bilish chalish mahoratini belgilaydi. Ijrochi navbatma-navbat barmoqlarining orqa tomoni bilan torni bosib, ohang chiqaradi, qolgan torlar qoʻshimcha ton beradi.

Manbalar

Adabiyot

Marayev V. Youhi kantele – youhikko – kamon lirasi

Turkum:Torli asboblar Turkum:Musiqa asboblari Turkum:Musiqa Turkum:Sanʼat