James Abram Garfield (; 19-noyabr 1831-yil — 19-sentyabr 1881-yil) Amerika Qoʻshma Shtatlarining 20-prezidentidir. Bu lavozimda 1881-yil 4-martdan to oʻlimiga (lavozimga kirishganidan olti oy oʻtib) qadar faoliyat yuritgan. Respublikachilar partiyasi aʼzosi boʻlgan Garfield AQSh tarixida prezident etib saylangan yagona Vakillar palatasi aʼzosi boʻlgan.
Garfield Ohio shtatining Moreland Hills shahrida qashshoq oilada tugʻilib oʻsgan. Williams kollejini tugatgach, huquqshunoslikni oʻqidi hamda prokuror boʻldi. 1859-yili Ohio shtati senatiga saylandi. Amerika fuqarolar urushi paytida Ittifoq armiyasida general-mayor sifatida xizmat qilib, Middle Creek, Shiloh va Chickamauga janglarida qatnashdi. Garfield 1862-yili Kongressga saylandi. U Kongressdagi faoliyati davomida oltin standartni qoʻllab-quvvatladi hamda mahoratli notiq oʻlaroq obroʻ-eʼtibor qozondi.
Manbalar
Adabiyotlar Graff Henry F., ed. The Presidents: A Reference History (3rd ed. 2002) online Menke, Richard. „Media in America, 1881: Garfield, Guiteau, Bell, Whitman.“ Critical Inquiry 31.3 (2005): 638-664.
Skidmore, Max J. „James A. Garfield and Chester A. Arthur.“ in Maligned Presidents: The Late 19th Century (Palgrave Macmillan, New York, 2014) pp. 63–79. Sutton, Thomas C. „James A. Garfield.“ in The Presidents and the Constitution (Volume One. New York University Press, 2020) pp. 266–275. Uhler, Kevin A. „The demise of patronage: Garfield, the midterm election, and the passage of the Pendleton Civil Service Act“ (PhD. Diss. The Florida State University, 2011) online. Vermilya, Daniel J. James Garfield and the Civil War: For Ohio and the Union (Arcadia Publishing, 2015). Havolalar
Oq uy biografiyasi GARFIELD, James Abram, (1831-1881) — Kongress
Turkum:1831-yilda tugʻilganlar Turkum:1881-yilda vafot etganlar Turkum:AQSh prezidentlari Turkum:Amerikalik siyosatchilar Turkum:Matematiklar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar