The Super Mario Bros. Movie 2023-yilda ekranlarga chiqarilgan fentezi va sarguzasht janrlaridagi kompyuter-animatsion filmdir. Universal Pictures, Illumination va Nintendo studiyalari bilan hamkorlikda ishlangan, Universal Pictures tomonidan esa tarqatilishi rejalashtirilgan. Film gʻoyasi Mario videooʻyinlar seriyasiga asoslangan boʻlib, bu multfilm ushbu videooʻyinlar seriyasi asosida ishlangan uchinchi toʻliq hajmli filmdir. Bungacha, Super Mario Bros.: The Great Mission to Rescue Princess Peach! (1986) va Super Mario Bros. (1993) filmlari ishlangan edi. Film rejissorlari — Aaron Horvath va Michael Jelenic, produserlar — Chris Meledandri va Shigeru Miyamoto, senariy muallifi esa Matthew Fogel. Filmda bosh qahramonlarga Chris Pratt, Anya Taylor-Joy, Charlie Day, Jack Black, Keegan-Michael Key, Seth Rogen, Fred Armisen, Kevin Michael Richardson, Sebastian Maniscalco va Charles Martinet ovoz bergan.
Film premyerasi AQShda 2023-yil 5-aprelda boʻlib oʻtdi. Film butun dunyo boʻylab $1,3 milliard ishlab topdi va 2023-yilning 1chi eng kassabop filmiga aylandi.
Ovoz berganlar Chris Pratt — Mario Anya Taylor-Joy — malika Peach Charlie Day — Luigi Jack Black — Bowser Keegan-Michael Key — Toad Seth Rogen — Donkey Kong Fred Armisen — Cranky Kong Kevin Michael Richardson — Kamek Sebastian Maniscalco — Foreman Spike
Musiqasi
Manbalar
Havolalar Rasmiy sayti Promo-sayt
Turkum:2023-yil filmlari Turkum:2023-yil 3D-filmlari Turkum:2023-yil multfilmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:Universal Pictures filmlari Turkum:Universal Pictures animatsion filmlari Turkum:Illumination multfilmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:Kompyuterli animatsion filmlar Turkum:Fentezi filmlar Turkum:Sarguzasht filmlar Turkum:COVID-19 pandemiyasi sababli premyerasi qoldirilgan filmlar Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:AQSh fentezi filmlari Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari Turkum:IMAX filmlari Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari Turkum:Yaponiya kinokomediyalari Turkum:2023-yil kinokomediyalari