Navoiy (toʻliq nomi: Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi) – Oʻzbekistonning universal mazmundagi davlat hududiy telekanali. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibida tashkil etilgan. Efiri Navoiy viloyati hamda qisman Samarqand va Buxoro viloyatlarini qamraydi. Tarixi 2000-yil 1-fevral kuni haftasiga 2 soatdan teledasturlar efirga uzatuvchi Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi tashkil etilgan. Yillar davomida efir vaqti biroz uzayib, 2010-yil haftasiga 6 soat koʻrsatuvlar efirga uzatiladigan boʻlgan. Teledasturlar yozib olinib, Navoiy Radioteleuzatish markazidan DVD playerlar vositasida efirga uzatilgan. 2011-yil telekanal uchun yangi ikki qavatli bino qurib berilgan. Yangi teleapparaturalar bilan jihozlangan, optik tolali uzatkichlar oʻrnatilgan, efir sifati yaxshilangan, tasvirni raqamli va analog signalda qabul qilish imkoni yaratilgan, efir vaqti uzaytirilgan. Tavsifi Navoiy telekanali oʻz dasturlarini asosan oʻzbek tilida berib boradi. Telekanal yoʻnalishi universal.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston telekanallari‎