NTT (toʻliq nomi: Nodavlat telekanallar teletarmogʻi) – Oʻzbekistondagi faoliyati toʻxtatilgan nodavlat telekanal. 2009-yil ishga tushirilgan, 2013-yil 21-oktyabr kuni soat 10:00 atrofida Forum TV, TV Markaz, Sof TV kanallari bilan birga efirdan uzib qoʻyilgan. Telekanal egasi Gulnora Karimovadir. Kanal asosan Gulnora Karimovaga tegishli boʻlgan „Fond Forum“ faoliyatini yoritgan, shuningdek, viloyatlarda faoliyat yuritgan nodavlat telekanallardan lavhalar berib borgan. Kanal uzilib qoʻyilishining sabablari avvaliga hech kimga tushuntirilmagan, keyiroq profilaktik ishlar ketayotganligi aytilgan va kanal boshqa nom bilan qayta ishga tushirilishi eʼlon qilingan. 2014-yil avgust oyida telekanal „Sevimli“ nomi bilan qayta efirga uzatilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston telekanallari