Bayraktar TB2 () – Turkiyaning zarbdor operativ-taktik oʻrta-balandlikda uchuvchi UUAdir. 4 ta osma boshqariladigan oʻq-dorilarga ega boʻlgan Bayraktar TB2 osmonda 12 dan 24 soatgacha uchishi mumkin. Maksimal boshqaruv masofasi 150 km gacha. Bu osmonda doimiy ravishda navbatchilik oʻtashga va nishonlarni aniqlagandan soʻng, oldingi chiziqqa oʻtib tezda raketalarni uchirishga imkon beradi (reaktsiya vaqti aviatsiyaga qaraganda ancha qisqa boʻladi va bu qisqa vaqt ichida mavjud boʻlgan nishonlarni samarali urish imkonini beradi). Ushbu dron „Baykar Makina“Tureskiy udarniy bespilotnik Bayraktar TB2 // warfiles.ru. xususiy kompaniyasi tomonidan layihalashtirilgan va ishlab chiqariladi.
Tarixi Loyihani ishlab chiqish 2000-yillarda Baykar Makina tomonidan boshlangan. TB2 birinchi marta 2009-yilda ishga tushirilgan Bayraktar TB1 ga asosida ishlab chiqilgan.
Dronning ilk parvozi 2014-yilda amalga oshirilganBayraktar TB2.. 2014-yilning iyun va avgust oylarida Bayraktar TB2 uchuvchisiz havo vositalari boʻyicha oʻrta balandlikdagi taktik UUA sinfida parvoz davomiyligi boʻyicha jahon rekordini yangiladi. U osmonda 8 km balandlikda 24 soat 34 daqiqa boʻlganUkraїna kupuє tureskі udarnі BPLA..
2014-yilda UAA birinchi marta Turkiya sharqida kurdlarga qarshi operatsiya vaqtida ishlatilgan.
2015-yil dekabr oyida UMTAS TQUMRKning test sinovlari boʻlib oʻtdi.
Konstruktsiya UAA kuzovi kompozit materiallardan tayyorlangan va avtomatik uchish va qoʻnish tizimi bilan jihozlangan. Agar kerak boʻlsa, qurilma yarim avtonom parvoz rejimida, yerdan boshqarilmasdan ishlashi mumkin.
UAA KanadaKanada lishila Tursiyu dvigateley dlya „ubiys“ rossiyskix „Pansirey“ // Лента. Ру, 21 noyabrya 2020 Rotax 912 ichki yonuv dvigateli 100 ot kuchiga ega boʻlgan surish tipidagi parrak bilan jihozlangan. 2020-yil oktabr oyida Ikkinchi Qorabogʻ urushi paytida Ozarbayjon armiyasi tomonidan Togʻli Qorabogʻdagi arman qoʻshinlariga qarshi uchuvchisiz uchuvchi apparatlaridan foydalanganligi sababli Kanadaning Bombardier Recreational Products kompaniyasi tomonidan Turkiyaga dvigatellar yetkazib berish vaqtincha toʻxtatilgan ediCanada suspends exports of military drone technology to Turkey // CBC News, 5-oktabr 2020-yil.. Bayraktar TV2 UAA uchun dvigatellar ishlab chiqarish imkoniyati Ukraina korxonalarida oʻrganilmoqda, ular allaqachon yuqori balandlikda ucha oladigan zarbdor UUA „Bayraktar Akinji“ uchun dvigatellar ishlab chiqarmoqda.
UAAning standart foydali yuki quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
modulli elektro-optik va infraqizil kameralar, boshqariladigan oʻq-dorilar yoki koʻp funksiyali AFAR radarlari uchun lazerli uzoqnioʻlchagich va lazerli nishonkoʻrsatgich. Eski havo mudofaa tizimlarini zararsizlantirish uchun qurilmaga radioelektron urush moduli oʻrnatilishi mumkin.
UAA dushmanning radioelektron urush uskunasidan himoyalangan, GPS tizimiga bogʻliq boʻlmagan avtonom navigatsiya tizimi va past RCS ga ega. Yuqori sifatli optoelektron tizimi (Kanadaning CMX-15d Wescam havo razvedka stantsiyasi ishlatiladi) tufayli, Bayraktar dronlari 7 km balandlikda nishonni urishi mumkin va bunda eskirgan yoki past-balandlikka uchuvchi havo mudofaa tizimlari unga qarshi tura olmaydi.
Kanadaning Turkiyaga Wescam CMX-15 D optip-elektron modullarini yetkazib berishni taqiqlashi munosabati bilan 2021-yilning noyabr oyidan Bayraktar TB2 Turkiyada ishlab chiqarilgan Aselsan CATS optik-elektron tizimlari bilan jihozlana boshlandi.
Qurollanish thumb|230x230px| UMTAS raketalari „Zbroya ta bezpeka“ (Qurol va xavfsizlik) koʻrgazmasida. Kiev, 2017-yil Quyidagilarni koʻtara oladi:
lazerli boshqariladigan va uchish masofasi 0,5-8 km boʻlgan 2 ta boshqariladigan UMTAS tankga qarshi raketa yoki 8 km masofagacha boʻlgan statsionar va harakatlanuvchi obʼektlarga zarba bera oladigan, 4 ta sozlanishi yuqori aniqlikdagi Bozok, Roketsan MAM-C, MAM-L, aviabombalari.
Buyurtmalar 2011-yildan beri Turkiya 107 ta Bayraktar TB2ni oʻz qurolli kuchlariga qabul qilib oldi.
2017-yilda, Qatarga 3ta boshqaruv stantsiyalari bilan 6 ta TB2s UUAlar yetkazib berildi.
2018-yilda Ukraina umumiy qiymati 69 million dollarlik 6 ta dron, 3 ta boshqaruv stansiyasi va ular uchun raketalar sotib olish boʻyicha shartnoma imzoladi, yetkazib berish 2019-yilning noyabr oyida yakunlandi.2020-yil oktabr oyida Ukraina yana 48 ta dron sotib olish yoki birgalikda yigʻish imkoniyatini koʻrib chiqayotgani maʼlum qildi va shartnoma 2021-yil sentabr oyida imzolandiV Tursii obʼyasnili, zachem prodayut orujie „protivniku Rossii“ // РИА Новости, 30.09.2021.
Polsha 24 dona dronga buyurtma bergan. Birinchi partiya 2022-yilda yetkazib berilishi kerakPoland to become first NATO country to buy Turkish drones (Reuters. 22-may 2021-yil. Retrieved 22-may 2021-yil.).
Operatorlar thumb|300x300px| Bayraktar TB2 operatorlari koʻk, potentsial operatorlar binafsha rangda
— 2020-yil holatiga koʻra miqdori nomaʼlum boʻlgan Bayraktar TB2 — 2020-yil holatiga koʻra 6 ta Bayraktar TB2 va 3 ta mobil boshqaruv stantsiyasi — 2020-yildan boshlab Liviya Milliy Kelishuv Hukumatining harbiylashtirilgan harbiylari tasarrufida mavjud [ manba aniqlanmagan 71 kun ]
Turkiya quruqlik kuchlari — 2020-yil holatiga koʻra 33 ta Bayraktar TB2 bor Turkiya dengiz kuchlari — 2020-yil holatiga Turkiya dengiz aviatsiyasida 4 ta Bayraktar TB2 mavjud Turkiya jandarmeriyasi — 2021-yil holatiga koʻra 18 ta Bayraktar TB2 borThe Military Balance 2021,p.155
Ukraina Harbiy havo kuchlari — 2021-yil holatiga koʻra 6 ta Bayraktar TB2 borThe Military Balance 2021. — P. 210 Ukraina dengiz kuchlari — 2021-yil holatiga koʻra 6 ta Bayraktar TB2 bor — 2021-yil holatiga koʻra, 6 ta Bayraktar TB2 va 3 ta mobil boshqaruv stantsiyasi mavjud — 2021-yil holatiga koʻra Bayraktar TB2 ning nomaʼlum soni — 13 ta Bayraktar TB2 buyurtma qilingan
Jangovar qoʻllanish
Turkiya 2016-yilda TQRT UMTAS bilan dronning kurd otryadlariga qarshi muvaffaqiyatli jangovar ishlatilishi haqida rasmiy maʼlumotlar paydo boʻldi. Bu dronning eʼlon qilingan taktik va texnik xususiyatlarni tasdiqladi. Turkiya bayonotiga koʻra, 2016-yildan 2018-yilgacha ushbu uchuvchisiz uchoqlarning Turkiya janubi-sharqida va Suriya shimolida bergan zarbalari bilan Kurdiston ishchilar partiyasi boʻlinmalarining bir qancha yetakchilari boshqa jangarilar bilan birga jami 400 ga yaqin kishi yoʻq qilingan.
Suriya 2018-yilning yanvar-aprel oylarida Turkiya qurolli kuchlari Suriya shimoli-gʻarbidagi "Zaytun novdasi " operatsiyasi doirasida Bayraktardan boshqariladigan havo bombalari yordamida Turkiyada terrorchi deb topilgan 449 kishini yoʻq qildi.
Liviya 2019-yilda Bayraktar TB2 Liviyada Xaftar armiyasiga qarshiLibya: Turkish-made Bayraktar TB2 UAV seen at the GNA-held airbase // africanmilitaryblog.com ishlatilgan. Liviyada „Gʻazab vulqoni“ operatsiyasi paytida (2019-2020) birinchi marta ushbu turdagi dronlar LMA tasarrufidagi „Pantsir C1“ havo mudofaa raketa tizimi tomonidan urib tushirildiTurning the Tide. Jason Pack, Wolfgang Pusztai. Middle East Institute. 10-noyabr 2020-yil. Keyinchalik, Turkiyaning „Anadolu“ agentligi va Ukraina „Defence Express“ agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2020-yil iyuniga qadar ushbu dronlar yordamida LMAga tegishli kamida 7 ta Pantsir-C1 havo mudofaa tizimi (eksport versiyasi), tanklar va boshqa texnikalar yoʻq qilingan. AQShning „Yaqin Sharq instituti“ maʼlumotlariga koʻra, „Pantsirey“ radarlari ilgari Turkiyaning KORAL radioelektron urush tizimlari tomonidan aniqlangan va ularga xalaqit berilgan, shundan soʻng „Pantsirey“ boshqariladigan raketa va artilleriya yordamida oʻqqa tutilgan yoki zarba beruvchi UUAlar bilan zarba berilgan. LMA maʼlumotlariga koʻra, 2020-yil 31-martda Turkiyaning 10 ga yaqin Bayraktar TB2 droni urib tushirilgan, 20-aprelda TB2 yoʻqotishlari 20-28 tagacha koʻtarilgan, biroq mustaqil ekspertlar 20 dan kamrogʻi urib tushirilgan deb hisoblaydilar.
Suriya „Bayraktar TB2“ UUA 2020-yil fevral oyi oxirida Turkiyaning Suriyaning Idlib viloyatidaErdogan sdal trassu M4 radi peremiriya Suriya Respublikasi hukumat kuchlari va hukumatga sodiq boshqa harbiy tuzilmalariga qarshi „Bahor qalqoni“ operatsiyasi chogʻida keng qoʻllangan. Turkiya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, bor-yoʻgʻi bir kechada turk armiyasi Suriya armiyasiga katta zarar yetkazgan: 23 ta tank, 23 ta artilleriya tizimi, 309 ta Suriya harbiysi, 5 ta vertolyot yoʻq qilingan, 2 ta Pantsir-C1 yoʻq qilingan yoki shikastlangan. Asosan Bayraktar va ANKA-S uchuvchisiz uchish apparatlari, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari tomonidan nishonga yoʻnaltirilgan artilleriyadan foydalanilgan. Turkiyaning „KORAL“ radioelektron urush tizimlari Suriya havo mudofaasi radarlarini oldindan aniqladi va ularni „koʻr qildi“, keyin havo mudofaa tizimlari UUA zarbalari bilan yoʻq qilindi. Shu bilan birga, A. I. Kots 26-28-fevral kunlari 191 nafar suriyalik harbiy xizmatchi halok boʻlganini va 293 nafari yaralanganini tasdiqladi, sabablarini koʻrsatmasdan turib, 23 tank, 16 piyoda jangovar mashina, 9 MLRS yoʻq qilindi. Biroq, tez orada Suriya qoʻshimcha havo mudofaa kuchlarini ("Buk M2E " HHM tizimlari va boshqalar) oldingi chiziqqa tortib, 3 kun ichida 4 tadan 6 tagacha Bayraktar va 2 ta ANKA-Sni urib tushirdi, shundan soʻng sulh tuzildi. thumb|230x230px|Ozarbayjon QK tarkibidagi Bayraktar TB2 2020-yil 10-dekabrda Bokudagi Gʻalaba paradida
Togʻli Qorabogʻ 2020-yil sentabr-noyabr: Ozarbayjon Qurolli Kuchlari Togʻli Qorabogʻ uchun janglarda Turkiyaning Bayraktar TB2 rusumli dronidan faol foydalandi. Koʻp sonli tanklar, " Osa " ZRK, " Strela-10 ", OʻORT, katta kalibrli artilleriya va boshqa texnikalar, 1 ZRK „ Tor“. Toʻqnashuv vaqtida Togʻli Qorabogʻ havo hujumidan mudofaa kuchlari 6 ta Bayraktar TB2 ni yoʻq qildi.
Ukraina 2021-yil 26-oktabrda Ukraina Qurolli Kuchlari ilk marta Bayraktar TB2 dan DXRga qarshi janglarda foydalandi. Dron zarbasi bilan 122 millimetrli D-30 gaubitsasini yoʻq qilindi, gaubitsa 15 km masofadan Granit qishloğidagi Ukraina pozitsiyalarini oʻqqa tutayotgan edi.
Mutaxassislarning fikrlari Rossiyaning Enix kompaniyasi (UUA ishlab chiqaruvchisi) bosh konstruktori V.Pobejimovning soʻzlariga koʻra, bunday UUAlardan faqatgina havo hujumidan mudofaa tizimi va radar razvedkasi mavjud boʻlmagan mahalliy ziddiyatlar sharoitda foydalanish mumkin. Shu bilan birga, Togʻli Qorabogʻning havo mudofaasi bilan xizmat qiladigan „Repellent“ tipidagi radielektron urush vositalari va ularning analoglaridan UUAni boshqarish kanallarini bostirish uchun foydalanish har doim ham samarali emas, chunki ularning diapazoni kichik (10 km dan kam). Bayraktar kabi past tezlikdagi UUAlar radar tizimlari tomonidan aniqlangandan soʻng, braziliyaning Embraer EMB 314 Super Tucano kabi pulemyot yoki toʻp bilan qurollangan past tezlikdagi turbovintli qiruvchi samolyotlarga hujumiga nisbatan juda zaif boʻlishi mumkin.
Yoʻqotishlar Maʼlum holatlar:
2018-yilning 2-iyulida Turkiya harbiy-havo kuchlarining modernizatsiya qilingan Bayraktar TB2 droni katta ehtimol bilan dvigatelining ishdan chiqishi oqibatida Hatay viloyatida qulagan. 2019-yil dekabr oyida LMA Tripoli yaqinidagi Ayn Zarahda Turkiyaning ikkita Bayraktar TB2 dronini urib tushirganini eʼlon qildi 2020 -yil 2-yanvar kuni Turk Qurolli Kuchlarining Bayraktar TB2 droni LMA kuchlari tomonidan Tripoli yaqinidagi Mitiga aeroportidan janubda urib tushirildi. 2020-yil 25-fevralda Turk Qurolli Kuchlarining Bayraktar TB2 droni LMAga BAA tomonidan taqdim etilgan „Pantsir C1“ havo mudofaa raketa tizimi tomonidan urib tushirildi. 2020-yil 3-mart kuni Turkiya Qurolli kuchlarining Bayraktar TB2 droni Halab viloyatining gʻarbiy qismida SAA kuchlari tomonidan urib tushirildi. 2020-yil 4-mart kuni Turkiya Qurolli kuchlarining Bayraktar TB2 droni Idlibda urib tushirildi. 2020-yil, 9-mart kuni Bayraktar TB2 turk droni havoga koʻtarilganidan koʻp oʻtmay Suriya bilan chegaraga yaqin joyda va mamlakat janubidagi Batman aerodromi yaqinida, qulab tushdi.