Mamta Kulkarni — sobiq hind aktrisasi va modelidir. Mamta Aashiq Awara (1993), Waqt Hamara Hai (1993), Krantiveer (1994-yil), Karan Arjun (1995), Sabse Bada Khiladi (1995), Andolan (1995), Baazi (1996), China Gate (1998) va Chhupa Rustam: A Musical Thriller (Sirli Rustam: Musiqiy triller 2001) kabi muvaffaqiyatli hind filmlarida suratga tushgan. Uning Aashiq Avara (1993) filmidagi ijrosi unga 1994-yilda „Yilning yangi yuzi“ sifatida Filmfare mukofotini qoʻlga kiritishida sababchi boʻlgan. Rejissyor Rakesh Roshan tomonidan suratga olingan Karan Arjun (1995) blokbasterida Kulkarni Salmon Xon bilan birga rol ijro etgan. Mamta Kabhie Tum Kabhie Hum filmidagi rolidan keyin kino sanoatidagi faoliyatini tark etdi.
Faoliyati Kulkarni kinodagi ilk rolini 1992-yilda Tirangaa filmida ijro etgan. 1993-yilda u Aashiq Avara filmida, shu filmi uchun „Yilning yangi yuzi“ uchun Filmfare mukofotini qoʻlga kiritdi. MamtaWaqt Hamara Hai (1993), Krantiveer (1994), Karan Arjun (1995), Sabse Bada Khiladi (1995) va Baazi (1995) filmlar kabi koʻplab mashhur filmlarda suratga tushgan. Mamta faoliyati davomidagi filmlarining barchasida asosan bosh rollarni ijro etgan. Rajkumar Santoshi 1998-yilda „Yetti samuray“ filmining remeyki Xitoy darvozasi filmida bosh rolni ijro etgan. Biroq film mashhurlikka erisha olmagan. Shundan so’ng Santoshi va Mamta oʻrtasidagi munosabatlar buzilgan. Kulkarni filmdan olib tashlangan va uning nomidan gangster Chhota Rajan aralashganidan keyingina mish-mishlar tarqala boshlagan. Film nihoyat ekranlarga chiqarilganida, film oʻrtacha daromad qilgan.
Boʻlgan voqealar gʻazablangan Kulkarni Santoshini uni ekran vaqtini qisqartirganlikda ayblagan. Santoshi esa film bilan bogʻliq barcha mish-mishlarni rad etdi va masala tinchgina hal qilindi. Biroq, bu Kulkarni ijodidagi halokatli zarba boʻldi. Shundan keyin u bir nechta filmlardagina rol ijro etgan. Mamta 2002-yilda „Kabhie Tum Kabhie Xum“ filmidan soʻng faoliyatini tugatgan. Mamta shuningdek, Kannada, Tamil, Telugu, Bengal va Malayalam tillarida bir nechta filmlar suratga tushgan.
Shaxsiy hayot Kulkarni oʻrta sinf marathi Brahminlar oilasiga mansub, u Viki Gosvami bilan turmush qurmaganligini bildirgan. Biroq, qarama-qarshi maʼlumotlarga koʻra esa u 2013-yilda Viki Gosvamiga ga turmushga chiqgan deb aytilgan.
Munozara 2016-yil iyun oyida Thane politsiyasi Kulkarni noqonuniy ravishda metamfetamin ishlab chiqarish uchun Efedrin yetkazib berishda ishtirok etganganlikda ayblanuvchilardan biri sifatida boʻlgan, ular bu savdosi uchun moʻljallangan taxminan 2000 $ ajratilganligi aytib oʻtilgan. Aytilishicha, Kulkarni va uning sherigi Viki Gosvami va boshqa ayblanganlar bilan 2016-yilning yanvar oyida Keniyada boʻlib oʻtgan noqonuniy narkotiklar bilan shugʻullanadigan guruhlar orasidagi oʻzaro yigʻilishida qatnashganligi asos qilib koʻrsatilgan.
2017-yil 25-iyunda xalqaro efedrin yetkazib berish boʻyicha tergov olib borgan Thane politsiyasining jinoyat boʻlimi Kulkarni va uning sherigi va narkobaron deb taxmin qilingan Viki Gosvamiga „huquqbuzar va aybdor“ deb xabar berdi. Jinoiy ishlar bilan shugʻullanuvchi boʻlimi xodimlaridan iborat guruh Mumbaydagi Versovadagi Sky anklavidagi Kulkarning uyiga borib, aktrisaning qayerda ekanligi nomaʼlum boʻlgani sabab eshikka eʼlon yopishtirib qoʻyishdi. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (NDPS) jinoyati toʻgʻrisidagi qonunning maxsus sudi Kulkarni va Gosvamini aybdor deb eʼlon qildi va ularning mol-mulkini tortib olishga qaror chiqarilgan.
Filmografiyasi YiliNomiTiliRoliEslatmalar1991NanbargalTamilPriyaDebyut Filmi1992Mera Dil Tere LiyeHindiPriya R. SinghTirangaaHindiSandhyaPremasikharamTeluguDonga PoliceTeluguGowri1993BhookampHindiKavita AnandWaqt Hamara HaiHindiMamta VidrohiAshaantHindiSonaliVishnu VijayaKannadaSonaliAashiq AwaraHindiJyotiYilning lyuks yangi yuzi uchun Filmfare mukofoti1994Anokha PremyudhHindiPritiBetaaj BadshahHindiTejeshwani / GudiyaGangsterHindi—DilbarHindiPriya VermaKrantiveerHindiMamtaVaade IraadeHindiNikita Sekhri1995Karan ArjunHindiBindiyaAndolanHindiGuddiBaaziHindiJournalist Sanjana RoyPolicewala GundaHindiSudhaʼs sisterSabse Bada KhiladiHindiSunita DasKismatHindiMadhuAhankaarHindiNainaBhagya DebataBengaliMaxsus rol1996Raja Aur RangeeliBeqabuHindiReshmi KapoorGhatak: LethalHindiDancer(„Maara Re“ qoʻshigʻi), „Koi Jaaye To“1997Jeevan YudhKajal ChoudhryKrantikariDancerNaseebHindiPooja1998Jaane JigarMeena and Meenu(Ikki Rol)QilaNeetaChina GateHindiSandhya1999ChandamamaMalayalam"Rojaappoo Kavilathu" ashulasida koʻrinish bergan2001BangshadharCensorHindiNishaChhupa Rustam: A Musical ThrillerHindiSandhya Mother Daughter Tara Sutaria2002Divine Temple KhajurahoKabhie Tum Kabhie HumHindiSumonaUshbu filmning etakchisi2003Shesh BongsodharBengaliAntaraBangladesh Filmi
Manbalar
Havolalar
Turkum:Hindistonlik aktrisalar Turkum:1972-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Modellar (kasb) Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar