Erkakning koʻzyoshlari () — Clint Eastwood rejissorlik va produserlik qilgan, 2021-yilgi neo-Western janridagi AQSh filmi. Nik Shenk va marhum N. Richard Nesh ssenariysi Neshning 1975-yilda yozilgan xuddi shu nomdagi romaniga asoslangan. Syujet Meksikadagi yosh bolani (Eduardo Minett) Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi otasi (Dwight Yoakam) bilan birlashtirish uchun yollangan sobiq rodeo yulduzi (Eastwood) haqida.

Erkakning koʻzyoshlari AQShda kinoteatrlarida Warner Bros. tomonidan 2021-yilning 17-sentabridan namoyish etila boshladi. Bir vaqtning oʻzida HBO Max striming xizmatida 31 kun mobaynida koʻrsatildi. U 33 million dollarlik ishlab chiqarish byudjyetiga nisbatan 12,8 million dollar toʻplab, kassada past natija koʻrsatdi va tanqidchilar tomonidan turlicha baholandi. Eastwood’ning ijrosi va filmning ohangi qarama-qarshi kutib olindi. Rollarda Clint Eastwood — Mike Milo Dwight Yoakam — Howard Polk Eduardo Minett — Rafael „Rafo“ Polk Natalia Traven — Marta Fernanda Urrejola — Leta Horacio Garcia Rojas — Aurelio

Oʻzbekcha dublyaj Film oʻzbek tiliga „Favvora“ film studiyasi tomonidan oʻgirilgan.

Muhammadjon Xoʻjayev — Mike Milo Behzod Muhammadkarimov — Howard Polk Abdulhay Otaxoʻjayev — Rafael „Rafo“ Polk Dildora Bekjonova — Marta

Bundan tashqari, tarjimon — Firdavs Xoʻjayev, dublyaj va ovoz rejissori — Jamshid Tangliberdiyev, rejissor yordamchisi — Raʼno Suyunova, montaj ustasi — Hamidulla Latipov, texnik xodim — Muhammadali Rashidov, muharrir — Baxtiyor Karimov.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Warner Bros. filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:2021-yil filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Neo-Western filmlar Turkum:AQSh dramatik filmlari Turkum:Clint Eastwood filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar