The Mitchells vs. the Machines () 2021-yilda katta ekranlarga chiqqan hamda Mike Rianda tomonidan suratga olingan ilmiy fantastika va komedik janrdagi Amerika kompyuter-animatsion filmidir. Filmda bosh qahramonlarga ovoz bergan aktyorlar sirasiga Abbi Jacobson, Danny McBride, Maya Rudolph, Eric André, Olivia Colman, Fred Armisen, Beck Bennett, John Legend, Chrissy Teigen, Blake Griffin va Conan O'Brien kirishadi.
Rotten Tomatoes kinotanqid saytida The Mitchells vs. the Machines haqida 180 ta maqola yigʻilib, ulardan 98 foizi filmni ijobiy baholaydi. Sayt konsensusi shunday: „Koʻzni qamashtiruvchi va energetik film boʻlgan The Mitchells vs. the Machines butun oilaga manzur keladigan kulgili va xushkayfiyat bagʻishlaydigan hikoyani taqdim etadi.“
Syujeti
Katie Mitchell Michigan shtatining Kentwood shahridagi gʻayrioddiy xarakterli intiluvchan filmmaker boʻlib, tabiatga berilib ketgan va texnofobik otasi Rick bilan tez-tez urushib qolar edi. Yaqinda Kaliforniya shtatidagi bir film maktabiga qabul qilinadi. Katie joʻnab ketishidan bir kun avval, kechasi Rick Katie bilan u olgan qisqa hajmli filmlarning biri ustida tortishib qoladi va tasodifan uning noutbukini sindirib qoʻyadi. Bu hodisadan soʻng, Rick oila munosabatlari umrbod taranglashishidan qoʻrqadi va buning oldini olish uchun Katiening parvozini bekor qilib, oʻrniga oʻzi, rafiqasi Linda, oʻgʻli Aaron (Katiening ukasi) va iti Monchi bilan birga Katieni kollejiga kuzatib qoʻyish uchun kollej tomon u bilan birga yoʻl oladi.
Bu orada, tadbirkor Mark Bowman eski robotlar oʻrnini bosadigan uy robotlarining yangi seriyasini taqdim etar ekan, oʻta aqlli sunʼiy ongga ega boʻlgan PAL robot seriyasi eskirganini eʼlon qiladi. Qasos olish istagida boʻlgan PAL, barcha robotlarni dunyo boʻylab insonlarni ushlab, fazoga uchirib yuborishini buyuradi. Mitchellar oilasi Kansas shahridagi bir kafeda robotlar changalidan qutilishga muvaffaq boʻlishdi. Rick oilasi xavfsizligi uchun kafeda qolishga qaror qilar ekan, Katie dunyoni qutqarishga yordam berish kerakligini taʼkidlab, bu yoʻlda hamroh boʻlishga uni koʻndiradi. Keyinchalik, ular ikkita Eric va Deborahbot 5000 ismli robotlar bilan uchrashishadi va bu ikki robot Mitchellarga PAL va qolgan barcha robotlarni oʻchiruvchi oʻlim kodidan foydalanish mumkinligi haqida soʻzlab berishadi.
Ovoz berganlar
Abbi Jacobson — Katie Mitchell Danny McBride — Rick Mitchell Maya Rudolph — Linda Mitchell Mike Rianda — Aaron Mitchell Olivia Colman — PAL Eric André — doktor Mark Bowman Fred Armisen — Deborahbot 5000 Beck Bennett — Eric John Legend — Jim Posey Chrissy Teigen — Hailey Posey Charlyne Yi — Abbey Posey Blake Griffin — PAL Max Prime Conan O'Brien — Glaxxon 5000 Doug the Pug — Monchi Sasheer Zamata — Jade Elle Mills — Hanna Alex Hirsch — Dirk
Manbalar
Havolalar
Turkum:2021-yil filmlari Turkum:2021-yil multfilmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:Columbia Pictures filmlari Turkum:Netflix original filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:Columbia Pictures animatsion filmlari Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:LGBT mavzuli filmlar Turkum:Robotlar haqidagi filmlar Turkum:Gonkong filmlari Turkum:Gonkong multfilmlari Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari Turkum:2021-yil kinokomediyalari