Mixoil Nuayma (, ; 1889, Baskinto — 1988, Bayrut) — livanlik yozuvchi, faylasuf, hikoyanavis, essenavis, romannavis adib, adabiyot tarixchisi va tanqidchisi, ijtimoiy va siyosiy maqolalar muallifi. Hayotligida Livandagi eng keksa yozuvchi sifatida tanilgan. U arab adabiyotining beshta asoschilaridan biri sifatida tan olingan. Hayotligida arab adabiyoti olamining nufuzli namoyandasi hisoblangan. Yozuvchi oʻttiz bitta kitob yozgan, ularning har biri arab tilida soʻzlashuvchi mamlakatlarda klassika sifatida tan olingan. Yuzga yaqin asarlar yozgan. Mixoil Nuayma — mumtoz rus adabiyotining taʼsirida boʻlgan kam sonli muhojir arab yozuvchilaridan biri edi.
Tanlangan asarlari Arabchada yozilgan asarlari Sheʼrlar Hams al-jufūn, 1928. Drama Al-ʾābāʾ wa-l-banūn, 1918. Qisqa hikoyalar Kān mā Kān, 1932; ʾAkābir, 1953; ʾAbū Baṭṭa, 1957. Romanlar thumbMudhakkirāt al-ʾArqaš, 1948 Autobiografiyalar Sabʿūn: ḥikāyat ʿumr, 1959-1960.
Inglizcha asarlari The Book of Mirdad, Beirut, 1948.
Manbalar
Turkum:1889-yilda tugʻilganlar Turkum:1988-yilda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar