Zara Maria Larsson (; 16-dekabr 1997-yilda tugʻilgan) shved qoʻshiqchisidir. 10 yoshida, 2008-yilda oʻtkazilgan Got Talent shousining shved versiyasi boʻlmish Talang isteʼdodlar shousida gʻolib boʻlgan.

2012-yilda Larsson TEN Music Group shirkati bilan shartnoma imzolaydi va keyinchalik 2013-yilning yanvarida oʻzining ilk debyut mini-albomi — Introducingni chiqaradi. Bu mini-albomdagi ilk singl „Uncover“ boʻlib, bu ashula Skandinaviya mamlakatlari musiqiy chartlarida top oʻrinlarni band qildi hamda Shvetsiyada 6x platina sertifikatini qoʻlga kiritdi.

Skandinaviya mamlakatlaridagi ilk muvaffaqiyati hamda debyut albomi sanalmish 1 (2014) ni chiqarganidan soʻng, Larsson AQShdagi Epic Records ovoz yozish leybli bilan uch yillik kontrakt imzolaydi. 2016-yilda Larsson Fransiyada boʻlib oʻtgan UEFA Yevropa chempionatining ochilish va yopilish marosimlarida qoʻshiq ijro etdi. Larssonning ikkinchi studiya albomi So Good, 2017-yilning martida chiqarildi. Albom oʻzida sakkizta singlni oʻz ichiga olib, bu ashulalarga „Lush Life“, „Never Forget You“ va „Ain't My Fault“ kiritish mumkin va ularning barchasi Shvetsiya musiqiy chartlarida top birinchi raqamli taronalar boʻlishdi. Keyinchalik, u Clean Bandit bilan birgalikda „Symphony“ ashulasini ijro etdi hamda bu qoʻshiq Buyuk Britaniya va Shvetsiya musiqiy chartlarida top oʻrinlarni egalladi. „Ruin My Life“ (2018) hit ashulasidan soʻng, Larsson uchinchi studiya albomi Poster Girl (2021) ni tadqim etdi. Hayoti Zara Maria Larsson Stokgolmning Solna sharida tugʻilgan. Ota-onasi Agnetha va Anders Larssondir. Larsson Svenska Dagbladetga bergan intervyusida aytishicha, u kislorod yetishmasligi oqibatida oʻlik holda tugʻilgan Larsson Stokgolm janubidagi Enskededa joylashgan Tallkrogen shahrida ulgʻaygan. Onasi hamshira, otasi esa ofitser boʻlgan. Shuningdek, uning oʻzidan uch yosh kichik boʻlgan Hanna ismli singlisi boʻlib, singlisi ham qoʻshiqchi va Lennix guruhi aʼzosidir..

Diskografiyasi thumb|right|upright|Larsson Ilosaarirock festivalida qoʻshiq ijro etmoqda (2018-yil iyul). Studiya albomlari Nomi Chart oʻrni Sertifikat SWE NOR 1 Chiqarilgan sanasi: 1-oktyabr 2014-yil Leybl: Record Company Ten / Universal Music 1 28So Good Chiqarilgan sanasi: 17-mart 2017-yil Leybl: Record Company TEN 1 2Poster Girl Chiqarilgan sanasi: 5-mart 2021-yil Leybl: TEN, Epic 3 11

EP (mini-albomlar) Nomi Batafsil Manba(lar) Introducing Chiqarilgan sanasi: 21-yanvarya 2013 Leybl: TEN Music Group Format(lar): Raqamli yuklama Treklar roʻyxati „Under My Shades“ (3:29) „When Worlds Collide“ (3:33) „In Love With Myself“ (2:45) „Uncover“ (3:34) „Itʼs a Wrap“ (3:11)

Sertifikat: 3× platina Allow Me To Reintroduce Myself Chiqarilgan sanasi: 5-iyul 2013-yil Leybl: TEN Music Group Format(lar): Raqamli yuklama Treklar roʻyxati „DarkSide“ (3:51) „Love Again“ (2:54) „Sheʼs Not Me (Pt. 1)“ (2:52) „Sheʼs Not Me (Pt. 2)“ (2:48) „Cash Me Out“ (3:25)

Singllari Yil Nomi Chart oʻrni Sertifikat Albom SWE DEN NOR 2008 „My Heart Will Go On“ — — — — 2009 „Super Girl“ — — — 2013 „Uncover“ 1 3 1 Platina Introducing „When Worlds Collide“ 26 — — „Itʼs a Wrap“ 43 — — „Under My Shades“ 45 — — „In Love With Myself“ — — — „Sheʼs Not Me (Pt. 1)“ 21 — — Allow Me To Reintroduce Myself „Sheʼs Not Me (Pt. 2)“ — — — „DarkSide“ — — — „Love Again“ — — — „Cash Me Out“ — — — „Bad Boys“ 27 33 — 1 2014 „Carry You Home“ 3 — — 2× platina „Rooftop“ 6 — — „—“ belgisining maʼnosi shuki, ashula shu mamlakatda chiqmagan yoki chartlarga kirmagan.

Turnelari Headlining So Good World Tour (2017-2018) Donʼt Worry Bout Me Tour (2019) Poster Girl Tour (2021)Twitter https://mobile.twitter.com/zaralarsson/status/1397534783983345666. 26-may 2021-yilda qaraldi.

Supporting Cher Lloyd — I Wish Tour (2013-2014) Clean Bandit — North American Tour (2017) Ed Sheeran - ÷ Tour (2019) Manbalar

Havolalar

Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Shved qoʻshiqchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar