Jahongir Otajonov (1978-yil 29-sentyabr, Xorazm viloyati) — oʻzbekistonlik xonanda, sozanda va bastakor.

Hayoti Jahongir Otajonov 1978-yil 29-sentyabrda OʻzSSR Xorazm viloyatida tugʻilgan. Otasi Safarboy Otajonov nemis tili oʻqituvchisi, onasi esa o‘zbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi. 6 marta oila qurgan. 8 nafar farzandi bor.

Sanʼatkorlar oilasida tugʻilgan Jahongir Otajonov amakisi Ortiq Otajonovga havas qilib musiqaga kirib kelgan. 1-sinfligidan Toshkentdagi Glier nomidagi musiqa maktabida oʻqigan. Oʻrta maktabni bitirgach Oʻzbekiston konservatoriyasida oʻqigan. Ilk mashhurlikka „Arazlamang“, „Oq kabutarlar“, „Dogʻman“ qoʻshiqlari orqali erishgan.

Sud 2021-yil 27-iyun kuni ijtimoiy tarmoq orqali ichki ishlar organi xodimlarini haqorat qilgani boʻyicha sudlandi. Sud hukmi 26-iyul kuni oʻqildi, unga koʻra, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-moddasi bilan aybli topildi va 21-moddaga koʻra javobgarlikdan ozod etildi.

2021-yilgi prezident saylovi Jahongir Otajonov 2021-yilning 20-yanvarida musiqadan ketganini eʼlon qilganidan koʻp oʻtmay oʻzining instagram sahifasida 2021-yilgi Oʻzbekiston Prezidenti saylovida oʻz nomzodini qoʻyish niyatida ekanligini maʼlum qildi. Shu yilning mart oyida u baʼzi taqiblar sabab Turkiyaning Istanbul shahriga koʻchib oʻtdi. U yerda Otajonov nomaʼlum shaxslar tomonidan jismoniy tazyiqqa uchraganini va ular Oʻzbekiston hukumatiga aloqador shaxslar boʻishi mumkin, degan taxminini aytgan. 12-iyun kuni u onasining noroziligi tufayli siyosatdan ketishini e’lon qilgan.

Diskografiyasi +YilNomiShoirBastakorMusiqiy sayqalchiIzoh2025Happy Birthday2024PoramFoniy dunyoMahtumquliEftanKachayteGalina Barskaya ()Jahongir OtajonovBehzod AytboyevDavraga tushBunyod Sharipov bilan duet2023Nimasan?MahtumquliAsl matn oʻzgartirilganBom-bomDunyodan uzoqPinhaniSuxrob BotirovGazini bosMustafa HoshogʻliJahongir OtajonovROCKET_A bilan duet2022Koʻzi qaroXofiz XorazmiyJahongir OtajonovSuxrob BotirovOʻrtar 202118 yoshindadurAlisher NavoiyJahongir OtajonovRasulbek Hudayberganov2020Ya Hazrati MuhammadAli Otajonov bilan duetOʻynasin ZikrAli Otajonov bilan duet2019Jingalamo JonimLolaMuhammad YusufJasur Badalbayev A. Xolmurodov 2018 Qaddi baland Klip rejissyori — Rauf Nabiyev

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Xorazm viloyatida tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar