„In the Loop“, toʻliq nomi „In the Loop: A Reference Guide to American English Idioms“ () — ingliz tili iboralari toʻplami. Ilk bor 2010-yil Vashington shahrida AQSH Davlat departamenti qoshidagi Madaniy va taʼlim ishlari byurosining () Ingliz tili dasturlari ofisi () tomonidan elektron kitob oʻlaroq hozirlangan. Qoʻllanma ingliz tili kurslarida keng qoʻllanadi va mutaxassislar tomonidan tavsiya qilinadi.

Qoʻllanmada ingliz tili iboralari, xususan, Amerika ingliz tilisida keng tarqalgan iboralar, ularning izohlari va ular ishlatilgan misollar keltirilgan. „In the Loop“ ingliz tilini yetuk darajada oʻzlashtirgan shaxslar uchun moʻljallangan. Qoʻllanma Dean Curry qalamiga mansub „Illustrated American Idioms“ hamda Shelley Vance Laflin qalamiga mansub „Something to Crow About“ kitoblari asosida tuzilgan. Qoʻllanmada nafaqat idomalar izohlari va ishlatish misollari, balki ayrim idiomalarning etimologiyasi ham oʻlgan. Shunday boʻlsa-da, ayrim keng tarqalgan idiomalar kiritilmagan.

Yana qarang Illustrated American Idioms

Manbalar

Havolalar „In the Loop“ AQSh Davlat departamentining American English resurus markazi saytida

Turkum:Ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitoblar