Super Mario Galaxy () 2007-yilda Nintendo shirkati tomonidan ishlab chiqilgan jangari va sarguzasht janrlaridagi platformerdir. Ushbu oʻyin Wii videooʻyin konsuliga moʻljallangan boʻlib, Super Mario videooʻyinlar seriyasining uchinchi uch oʻlchamli platformeridir. Oʻyindagi voqealar faqatgina Mario yoki Luigi bosh qahramonlari tomonidan kuzatiladi. Bosh qahramon oʻyin voqealari davomida malika Peachni qutqarish, olamni Bowser nomli salbiy qahramonidan halos etish va 121 Power Starsni toʻplash uchun yoʻlga chiqadi. Oʻyindagi bosqichlar kichik sayyoralar va olamlarga boy boʻlib, gravitatsiya kuchi turlicha boʻlgan galaktikalardan iboratdir.

Manbalar

Havolalar