Durbek Qudratillayevich Ahmedov (tugʻ. 1963-yil 19-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Makroiqtisodiyot kafedrasi oʻzbek professori. 2017-yil 27-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputati.
Biografiyasi Durbek Ahmedov 1963-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1984-yilda Toshkent Xalq xoʻjaligi institutini (kunduzgi), xalq xoʻjaligini rejalashtirish ixtisosligi boʻyicha tugatgan.
1984-1984-yillar – Toshkent Xalq xoʻjaligi instituti Xalq xoʻjaligini rejalashtirish kafedrasi assistenti.
1984-1986-yillar – Harbiy xizmat.
1986-1986-yillar – Toshkent Xalq xoʻjaligi instituti Xalq xoʻjaligini rejalashtirish kafedrasi assistenti.
1986-1989-yillar – Toshkent Xalq xoʻjaligi instituti aspiranti.
1989-1990-yillar – Toshkent Xalq xoʻjaligi instituti Xalq xoʻjaligini rejalashtirish kafedrasi assistenti.
1990-1993-yillar – Toshkent Xalq xoʻjaligi instituti Xalq xoʻjaligini rejalashtirish kafedrasi dotsenti.
1993-1994-yillar – Toshkent Xalq xoʻjaligi instituti doktoranti.
1994-2001-yillar – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy ishlar boʻyicha prorektori.
2001-2003 – Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Samarali iqtisodiy siyosat markazi direktorihttps://centrasia.org/person2.php?st=1013880369.
2003-2006 – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari boʻyicha prorektorihttps://lex.uz/docs/5109847.
2006—2013 – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Makroiqtisodiyot kafedrasi professori.
2013—2017 – Toshkent davlat iqtisodiy universiteti Makroiqtisodiyot kafedrasi professori.
2017-yil – hozirgi kungacha – Toshkent davlat iqtisodiy universiteti qoshidagi „Oʻzbekiston iqtisodiyotining ilmiy asoslari va rivojlanish muammolari“ ilmiy-tadqiqot markazining direktorihttps://centrasia.org/person2.php?st=1013880369. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zolari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar