Tojikiston — Amerika Qoʻshma Shtatlari munosabatlari — Tojikiston va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasida ikki tomonlama diplomatik aloqalar. Ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro diplomatik aloqalar 1992-yilda oʻrnatilgan.
2012-yil maʼlumotlariga koʻra, tojikistonliklarning 44 foizi AQSh rahbariyatining xatti-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi, 38 foizi ularni rad etadi va 18 foizi oʻz pozitsiyasiga qaror qilmaganU.S. Global Leadership Project Report — 2012. Tarix Diplomatik aloqalarni oʻrnatilishi 1991-yil 25-dekabrda AQSh birinchilardan boʻlib Tojikiston mustaqilligini tan oldi.
1992-yil 16-martda AQShning Tojikistondagi Muvaqqat vakili Edmund MakVilliams AQShning Dushanbedagi muvaqqat elchixonasini rasman ochdi.
1992-yil mart oyida „Avesto“ mehmonxonasida birinchi elchixona ochildi, ammo 1992-yil oktabr oyida fuqarolik urushi boshlanganligi sababli elchixona oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻldi.
1993-yil mart oyida AQShning Tojikistondagi birinchi elchisi Stenli Eskudero Oliy Kengashning oʻsha paytdagi raisi Imomali Rahmonovga ishonch yorliqlarini topshirdi. Harbiy-texnik hamkorlik Qoʻshma Shtatlarning harbiy yordami 2000-yillarda kuchaygan, ammo yildan-yilga yordam hajmi kichrayib borgan: 2005-2006-yillarda tojik-afgʻon chegarasidagi 15 ta postlarni rekonstruktsiya qilish, taʼmirlash va jihozlash uchun qariyb 40 million dollar ajratilgan. 2011-yilda Tursunzoda shahrida Tojikiston qurolli kuchlariga askar tayyorlaydiga oʻquv markazi ochilganКудратов К. А. Отношения Республики Таджикистан с Соединенными Штатами Америки и проблемы безопасности // Вестник Новосибирского государственного университета. Серия: История, филология. — 2014. — Т. 13. — № 4. — С. 218—219.
Manbalar
AQSh Turkum:AQSHning ikki tomonlama aloqalari