Ozoda Parpiyevna Nursaidova (9-oktabr 1974-yilda tugʻilgan) – oʻzbek qoʻshiqchisi, bastakori va produsyeridir. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
Hayoti Ozoda Nursaidova 1974-yil 9-oktabrda Andijon Viloyatida dunyoga keldi . Xonandaning otasi Parpi Nursaidov podpolkovnik boʻlib, uzoq yillar ichki ishlar sohasida faoliyat yuritgan. Onasi esa avtobazada dispecher boʻlib ishlagan. 1999-yilda Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasini tugatdiTashkentskaya konservatoriya: soobщestvo vipusknikov – Home..Uning sevimli oʻzbek mualliflari orasida Oʻlmas Umarbekov, Said Ahmad va Sharof Boshbekov bor edi. Nursaidova maktabda yaxshi oʻqigan va huquqshunoslik kasbini yaratishni orzu qilgan. Biroq, Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish imtihonlarini topshira olmadi va natijada 1992-yilda Madaniyat institutining rejissyorlik boʻlimiga oʻqishga kirdi. Nursaidova taniqli ustoz va ustalar: Rufatilla Qosimov, Xuriyat Isroilova, Fattohxon Mamadaliyevlar rahbarligida anʼanaviy maqom sanʼatini oʻrgandi. Ozoda Nursaidovaning Nilufar ismli singlisi va Abdulloh ismli jiyani bor.
Ijodi Xonanda „Ozoda Saidzoda“ taxallusi bilan ham ijod qilgan. 2000-yili yaratilgan „Ketma“ qoʻshigʻi unga chinakamiga omad keltiradi. Undan keyin yaratilgan „Asrasin“ va „Endi men ketaman“ nomli qoʻshiqlari ham xonandaning mashhurlikka erishishiga sabab boʻladi. 2001-yili oʻtkazilgan „Tarona“ taqdimotida u „Yilning eng yaxshi qoʻshigʻi“ nominatsiyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritadi. Xonanda 13 yil mobaynida ijodiy taqiqlar sabab omma eʼtiboridan chetda boʻlishga majbur boʻldi. Koʻplab xit musiqalar muallifining Koʻk jiguli taronasi YouTubeda koʻrishlar soni boʻyicha rekordni qayd etdi.
Diskografiyasi 1997 – „Muhabbat qaydasan“ 2000 – „Ketma“ 2001 – „Asrasin“ 2002 – „Endi man ketaman“ 2003 – „Ishq sharobi“ 2004 – „Orzularim“ 2006 – „Bu kuylar kechagimas“ 2010 – „Tinglanmagan qushiqlar“ 2014 – „Eʼtirof et“ 2021 – „Hayati“ 2022 – „Tasalli ber“ 2023 – „Yomgʻirlarda“ 2024 – „Koʻk jiguli“
Shou konsert dasturlari ● 2002 – „Endi man ketaman“ („Xalqlar doʻstligi“ saroyi)
● 2003 – „Qaynonamsiz – Onamsiz“ („Xalqlar doʻstligi saroyi“)
● 2004 – „Orzularim“ („Xalqlar doʻstligi saroyi“)
● 2006 – „Bu kuylar kechagimas“ („Xalqlar doʻstligi saroyi“)
● 2021 – 2021 konsert dasturi 8-12 aprel („Xalqlar doʻstligi saroyi“)
● 2022 – „Tasalli ber“ 9-16 may („Xalqlar doʻstligi saroyi“)
● 2023 – "Yomgʻirlarda „ 15-22 may („Xalqlar doʻstligi saroyi“)
● 2024— „RETRO“ 7-14 may (10 seans) („Xalqlar doʻstligi saroyi“)
● 2025- 7-16 may („Xalqlar doʻstligi saroyi“)
Mukofotlari 2001 – „Yilning eng yaxshi qoʻshiqchisi“ nominatsiyasida Tarona mukofoti 2002 – „Yilning eng yaxshi qoʻshiqchisi“ nominatsiyasida Zomin mukofoti 2021 – Shuhrat medaliUkaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 24 avgusta 2021 goda „O nagrajdenii v svyazi s tridsatiletiem gosudarstvennoy nezavisimosti Respubliki Uzbekistan gruppi rabotnikov sfer nauki, obrazovaniya, zdravooxraneniya, sporta, literaturi, kulturi, iskusstva i sredstv massovoy informatsii“ 2024 – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Dardli nolalar qirolichasi (Xalq e'tirofi)
Manbalar
Havolalar ozoda.com
Turkum:1974-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Oʻzbekistonlik aktrisalar Turkum:Bastakorlar Turkum:Shuhrat medali sohiblari Turkum:Sanʼatkorlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar