Rasul Xidraliyevich Kusherbayev (tugʻ. 1987-yil 12-yanvar, Yangiyoʻl tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – kelib chiqishi qozoq boʻlgan oʻzbek siyosatchisi, muharrir va jurnalist. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining sobiq deputati.

Biografiyasi 1987-yil 12-yanvarda Yangiyoʻl tumani Kushyagoch qishlogʻida qozoq oilasida tugʻilgan.

Taʼlimi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati Oʻz faoliyatini 2007-yilda Liberal-demokratik partiyaning Toshkent viloyati maʼmuriyatining yoshlar bilan ishlash boʻlimi mudiri sifatida boshlagan.

2012-yildan 2014-yilgacha Yangiyoʻl gazetasining bosh muharriri boʻlib ishlagan. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.

2014-yildan buyon Oʻzbekiston parlamentining quyi palatasi aʼzosi. 2020-yilgacha Innovatsiya, axborot siyosati va AKTni rivojlantirish qoʻmitasining aʼzosi boʻlgan. 2020-yil yanvar oyidan boshlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi.

Ochiqlikni, soʻz erkinligini, sudlarning mustaqilligini, xususiy mulk daxlsizligini va boshqalarni taʼminlash boʻyicha faol tarafdo. Shuningdek, liberallashtirish va mamlakatdagi ommaviy axborot vositalari faoliyatiga bozor mexanizmlarini joriy etish tarafdori.

Soʻnggi yillarda u ommaviy axborot vositalarida universitetlarda talabalar bilan oʻqish uchun shartnomalarni qisqartirish, jismoniy shaxslar uchun monopoliyani bekor qilish, aholining oʻrta va quyi qatlamlarini arzon uy-joy bilan taʼminlash, sudlarning mustaqilligi va boshqalar ustida ish olib bormoqda.

2022-yil 23-dekabrda Rasul Kusherbayev deputatlik vakolatini tugatishini maʼlum qildi va 26-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning vakolatini muddatidan oldin tugatish masalasini koʻrib chiqdi. Komissiya aʼzolari bir ovozdan uning vakolatini tugatishni qoʻllab-quvvatladilar.

2023-yil 1-fevraldan Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligida vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

2023-yil 31-iyulda Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzoligidan chiqdi"Deputatlikdan ketgan Kusherbaev OʻzLiDeP aʼzolari safidan ham chiqdi | UzReport.news" https://uzreport.news/society/deputatlikdan-ketgan-kusherbaev-uzlidep-azolari-safidan-am-chi-di.

Siyosiy qarashlari 2023-yilning 21-dekabr sanasida Rasul Kusherbayev oʻzining ijtimoiy sahifalarida tashqi ishlar vazirligini Rossiyaga norozilik bildirishga chaqirgan. Bunga asosiy sabab rossiyalik siyosatchi, yozuvchi Zaxar Prilepinning Oʻzbekistonni bosib olish haqidagi aytgan gaplaridan soʻng

deya oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida munosabat bildirgan.

Manbalar

Havolalar Rasul Kusherbayev YouTube Rasul Kusherbayev Facebook Rasul Kusherbayev Instagram Rasul Kusherbayev Telegram Rasul Kusherbayev TikTok

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston qozoqlari Turkum:Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekistonlik jurnalistlar Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zolari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar