Madina Xasanovna Baratova (tugʻ. 1986-yil 22-dekabr, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek filologi va siyosatchisi, 2020-yildan buyon IV va V chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi, Oʻzbekiston bolalar tashkiloti raisi oʻrinbosari.
Biografiyasi Madina Xasanovna 1986-yil 22-dekabrda Buxoro viloyatida tugʻilgan. 2006-yilda Buxoro davlat universitetini filolog mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.
2005-yilda oʻz faoliyatini Buxoro shahar Kengashi huzuridagi Yoshlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish markazining Chet tili klubi rahbari sifatida boshladi. 2008-yilda „Kamolot“ ODM viloyat kengashi oʻquv muassasalarida yoshlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi. 2010-yilda etakchilarni oʻqitish markazining koordinatori boʻldi. 2014-yilda oʻquv-uslubiy markazning mintaqaviy koordinatori boʻldi. 2017-yilda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat Kengashi raisi oʻrinbosari — „Kamalak“.
2020-yil iyun oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, shuningdek, Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi.
Mukofotlar 2017-yilda Oʻzbekiston Prezidentining farmoni bilan Doʻstlik ordeni bilan mukofotlandi, shuningdek „Oʻzbekiston mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Manbalar
Havolalar Baratova Telegramda Baratova Instagramda
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining V chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zolari Turkum:Oʻzbekiston filologlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar