Aʼzamxon Usmanovich Bahromov (1960-yil 12-yanvar – 2020-yil 19-oktyabr) – oʻzbek davlat arbobi, iqtisod fanlari nomzodi, 2006-yildan 2008-yilgacha Samarqand viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
Biografiyasi Aʼzamxon Bahromov 1960-yil 12-yanvarda Jizzax viloyati, Gʻallaorol tumanida tugʻilgan. 1986-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tugatganhttps://centrasia.org/person2.php?st=1013880384. Iqtisod fanlari nomzodi. Uzoq vaqt davomida u Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil boʻlimi xodimi boʻlgan.
2000—2001-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining mudiri. 2001-yil mart-iyul oylarida makroiqtisodiyot va statistika vazirining birinchi oʻrinbosari, 2001-yil 26-iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi, 2003-yil avgustdan – Yengil sanoat vazirligi (hozirgi „Oʻzbekyengilsanoat“ davlat aksiyadorlik kompaniyasi) boshqaruvi raisi, 2005—2006-yillarda – Samarqand viloyati hokimining kapital qurilish, aloqa va kommunal xizmatlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari, 2006—2008-yillarda Samarqand viloyati hokimi lavozimida faoliyat olib borgan.
2009-yil fevral oyida Bahromov 15 yilga ozodlikdan mahrum etiladi. Bahromovga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 20 dan ortiq moddalari – tovlamachilik, shantaj, poraxoʻrlik va oʻta katta miqdordagi davlat mablagʻlarini talon-toroj qilish, yirik jinoiy guruhlar tuzish va boshqalar bilan ayblov qoʻyildi. Xususan, respublikaning eng yirik va sanoati rivojlangan mintaqalaridan birining sobiq rahbari viloyat banklaridan biri orqali qariyb 40 milliard soʻmni (28 million dollardan ortiq) legallashtirishga muvaffaq boʻlgan. Erta ozod qilingan va reabilitatsiya qilingan.
2017—2020-yillarda Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani hokimi lavozimida ishlagan.
2020-yil 19-oktyabrda kasallikdan vafot etgan. Toshkent shahrida dafn qilingan.
Mukofotlari 2004-yil iyulda Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlanganhttps://www.gazeta.uz/ru/2020/10/19/kattakurgan/.
2020-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan.
Xotira 2020-yilda Samarqand shahridagi koʻchalarning biriga Aʼzamxon Bahromov nomi berilgan
Manbalar
Turkum:Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchilari