Shuhrat Abduhalimov (1977-yil 17-may, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – Oʻzbek siyosatchisi, huquqshunos.

Biografiyasi Abduhalimov Shuhrat 1977-yil 17-mayda OʻzSSR, Samarqand viloyatida tugʻilgan. 2002-yilda Samarqand davlat universitetini bakalavr darajasida tugatgan. Keyin, 2006-yilda Toshkent davlat yuridik instituti magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi – yurist, uchinchi darajali adliya maslahatchisi. 2006-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida etakchi maslahatchi sifatida ish boshladi. Keyinchalik, 2012-yildan 2014-yilgacha u dastlab Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasining etakchi maslahatchisi, keyin bosh maslahatchisi, soʻngra boʻlim boshligʻi boʻlgan. Keyinchalik, 2014—2017-yillarda Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2017—2018-yillarda u Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari sifatida ish boshladi. 2018-yildan hozirgi kungacha Shuhrat Abduhalimovich Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

Manbalar

Turkum:Samarqand davlat universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Ekologik partiyasi a’zolari Turkum:Oʻzbekiston huquqshunoslari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar