Botir Komilovich Zaripov (1969-yil 20-noyabr, Gʻijduvon tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik moliyachi va davlat arbobi. 2020-yil 7-noyabrdan Buxoro viloyati hokimi. Biografiyasi Botir Zaripov 1969-yil 20-noyabrda Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbekhttps://podrobno.uz/cat/obchestvo/on-lyubit-bukhartsev-botir-zaripov-utverzhden-khokimom-bukharskoy-oblasti-/.
1997-yilda Toshkent moliya institutini moliya va kredit mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1990—2008-yillarda respublikaning davlat va tijorat banklarida ishlagan. 2005-yilda Botir Zaripov Buxoro viloyati Markaziy banki boshqaruvchisining inkassa ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari boʻlgan. Keyinchalik, 2012-yilgacha Oʻzbekiston Markaziy banki raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2012-yilda Markaziy bankning nazorat va tartibga solish departamenti direktori sifatida faoliyat yuritgan.
2013—2015-yillarda Markaziy bank kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamenti direktori boʻlgan. Keyingi ikki yil davomida „Agrobank“ ATB boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan. 2016—2019-yillarda „Oʻzsanoatqurilishmateriallari“ kompaniyasi boshqaruv raisi boʻlganhttps://www.gazeta.uz/ru/2020/11/07/zaripov/. 2020-yil 7-noyabrdan buyon Buxoro viloyati hokimi lavozimida ishlab kelmoqdahttps://www.uzreport.news/politics/botir-zaripov-utverjden-hokimom-buharskoy-oblasti.
Xastalik 2021-yil 3-iyul kuni Botir Zaripov koronavirusga chalingani haqida xabarlar tarqaldi.
Mukofotlari Sodiq xizmatlari uchun medali (2018-yil). Mehnat shuhrati ordeni (2026-yil 22-avgust) — Yangi Oʻzbekistonda keng koʻlamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, uning iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini taʼminlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtibori va nufuzini yuksaltirishga qoʻshgan munosib hissasi, ilgʻor innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni kuchaytirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari Turkum:Toshkent moliya instituti bitiruvchilari