Bahodir Qurbonov (1972-yil 5-dekabrda tugʻilgan) — oʻzbek yunon-rum kurashchisi, Osiyo chempioni. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000).

Tarjimai holi 1972-yilda Ishtixon shahrida tugʻilgan. 1994-yilda Osiyo oʻyinlarining bronza medalini qoʻlga kiritgan. 1995-yili Osiyo chempionatining kumush medali sohibi. 1996-yilda Atlantadagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan, ammo u yerda atigi 16-oʻrinni egallagan. 1998-yilda Osiyo oʻyinlarining kumush medalini qoʻlga kiritgan. 1999-yilda Osiyo chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan. 2000-yilda Osiyo chempioni, Sidneydagi Olimpiya oʻyinlarida esa 5-oʻrinni egallagan.

Bahodir Qurbonov gimnastika boʻyicha Olimpiada chempioni Oksana Chusovitinaga uylangan. Ularning Alisher ismli oʻgʻillari tugʻilgan, shifokorlar unga leykemiya tashxisini qoʻyishgan. Oʻzbekistonda bu kasallikni davolashning iloji boʻlmagani uchun 2002-yilda oila Germaniyaga koʻchib oʻtishga majbur boʻlgan va Bahodir Qurbonov sport faoliyatini yakunlashga majbur boʻlgan.

Havolalar

Baxodir Kurbanov — olimpiyskaya statistika na sayte Sports-Reference.com (angl.) Baxodir Kurbanov — profil na sayte International Wrestling Database (angl.) Baxodir Kurbanov Nekotorie sportsmeni dokazivayut, chto olimpiyskogo pensionnogo vozrasta ne suщestvuet

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston kurashchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1972-yilda tugʻilganlar Turkum:5-dekabrda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak kurashchilar