„Teardrops on My Guitar“ amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Taylor Swift ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning Taylor Swift (2006) nomli albomiga kiritilgan. Qoʻshiq soʻzlari Swift va Liz Rose tomonidan yozilgan. Qoʻshiq Nathan Chapman tomonidan hozirlangan. „Teardrops on My Guitar“ 2007-yilning 20-fevralida albomning ikkinchi singli oʻlaroq Big Machine Records leyblida eʼlon qilingan.
Swift qoʻshiq matnini maktabdagi sinfdoshiga boʻlgan bir tomonlama muhabbatidan ilhomlanib yozgan. Musiqiy jihatdan ashula asosan akustik gitara bilan ijro etilgan balladadir. Tarona musiqa tanqidchilari tomonidan ijobiy baholangan. Billboard Hot 100 chartida 13-pogʻonagacha koʻtarilgan. Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi () tomonidan 3× platina sertifikati bilan taqdirlangan.
Qoʻshiq uchun Trey Fanjoy rejissorligida klip ham suratga olingan. Klipda Swift hamda amerikalik qoʻshiqchi va aktyor Tyler Hilton ikki yuqori sinf oʻquvchisi rolini ijro etishgan. Bundan tashqari, klipda Swift matras ustida yotganicha akvamarin rangli oqshom libosida qoʻshiqni ijro etayotganini koʻrish mumkin. Qoʻshiq klipi „Eng yaxshi yangi artist“ () nominatsiyasida MTV Video Music Awardga nomzod boʻlgan, biroq Tokio Hotel ijrosidagi „Ready, Set, Go!“ qoʻshigʻi uchun olingan klipga yutqazgan.
Jamoa Taylor Swift — vokal, qoʻshiqnavis, gitara Liz Rose — qoʻshiqnavis Nathan Chapman — produser, banjo, bas, akustik gitara, elektrogitara Eric Darken — zarbli cholgʻular Dan Dugmore — stil-gitara Rob Hajacos — skripka John Willis — akustik gitara
Chartlar
Haftalik Chart (2007-2008)Oʻrni (Pop 100) 11 (Pop 100 Airplay) 10 Chart (2009)Oʻrni
Yillik Chart (2007) Oʻrni (Billboard Hot 100)89 (Hot Country Songs)28 Chart (2008) Oʻrni (Billboard Hot 100)48 (Adult Contemporary)6 (Adult Top 40)30 (Mainstream Top 40)35
Manbalar
Havolalar
Turkum:2006-yil qoʻshiqlari Turkum:Taylor Swift qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar