Novda — 2015-yilda Oʻzbekiston kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan Zulfiqor Musoqov tomonidan suratga olingan, Oʻzbekfilm kinostudiyasida ishlab chiqarilgan. Oʻzbekiston komediya, melodrama janridagi filmi. Filmda Husan Sharipov, Raʼno Zokirova, Shahzoda Matchonova, Farhod Abdullayev, Mirza Azizov va Behzod Hamroyev kabi Oʻzbekistonning taniqli aktyorlar rol oʻynashgan. Syujeti Filmda Qishloqda istoqamat qiladigan ahil bir oila va ularning qoʻshnilari hayoti haqida soʻz boradi. Unda qahramonlarning ilk muhabbati, vatanga, ota-onaga muhabbati haqida hikoya qilinadi. Qayd etilishicha, ekspertlar filmni italyan kinorejissyori Federico Fellinining „Amarkord“ (1973) badiiy filmiga o‘xshatishgan. Biroq manbada filmning aynan qaysi jihatlari o‘xshatilgani haqida ma’lum berilmagan.
Rollarda Gʻofurjon Isaxonov — Rashid Rahshona Shodiyeva — Dilshoda Gulinur Abdullayeva — Zubayra Dilshod Joʻrayev — Oʻrinboy Abdufathulloh Hidayev — Ikrom Abduhalil Mignorov — Mamarasul Raʼno Zokirova — Zilola Navroʻz Jumayev — Kamol Shahzoda Matchonova — Nigora Husan Sharipov — Bobo Dilorom Karimova — Momo Mirza Azizov — Nortoy Farhod Abdullayev — Lutfulla Xayrulla Saʼdiyev — Pirimqul ota
Manbalar
Havolalar Film ijodkorlari va rollarda
Turkum:2015-yil filmlari Turkum:Oʻzbekiston filmlari Turkum:Oʻzbekiston kinokomediyalari Turkum:Oʻzbek tilidagi filmlar Turkum:Zulfiqor Musoqov filmlari