„Pinocchioning boshidan kechirganlari“ () — italyan yozuvchisi Carlo Collodi qalamiga mansub bolalar uchun moʻljallangan roman. Ilk bor 1883-yilda bosilgan. Roman uchun illyustratsiyalarni chizgan. Asar yolgʻon gapirsa burni uzayadigan Pinocchio () ismli yogʻoch qoʻgʻirchoq sarguzashtlariga bagʻishlangan. Pinocchio qaysarligi, intizomsizligi sabab turli kulfatlarga duch keladi. Yaxshilik, rostgoʻylik, mehnatsevarlik fazilatlarini ogʻir sinovlar orqali oʻrganib boradi. Roman markazida yogʻoch qoʻgʻirchoqning haqiqiy bolaga aylanish yoʻlidagi maʼnaviy kamoloti yotadi.
Asar dastlab qisqartirilgan shaklda 18811883-yillar oraligʻida „Giornale per i bambini“ jurnalida „“ („Yogʻoch qoʻgʻirchoq ertagi“) nomi bilan qismlarga boʻlinib nashr etilgan. Toʻliq kitob shaklida 1883-yil fevral oyida chop etilgan. Roman tanqidchilar tomonidan xush qarshilanib, jahon bolalar adabiyotining nodir namunalaridan biri sifatida eʼtirof etiladi.
„Pinocchio“ 260 ga yaqin tilga tarjima qilinganGiovanni Gasparini. La corsa di Pinocchio. Milano, Vita e Pensiero, 1997. p. 117. . Rus tilidan Qodir Mirmuhamedov oʻgirgan oʻzbekcha tarjima 2016-yil Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etilgan. Roman tarixdagi, ehtimol, eng bozori chaqqon kitoblardan biri, ammo qisqartirilgan nashrlari, turli versiyalari koʻpligi bois qancha adadda sotilgani nomaʼlum. Faylasuf Benedetto Crocening fikricha, asar italyan adabiyotining eng nodir durdonalaridan biri hisoblanadiBenedetto Croce, «Pinocchio», in Idem, La letteratura della nuova Italia, vol. V, Laterza, Bari 1957 (IV ed.), pp. 330-334.. Kitobdagi hikoyalar va qahramonlar asosida bir necha badiiy film, multfilm va serial yaratilgan.
Qahramonlari Pinocchio () yogʻoch qoʻgʻirchoq. Yakunda ezgu amallari uchun haqiqiy bolaga aylanadi. Geppetto () kambagʻal duradgor chol. Boshidagi sariq parigi zogʻora nonga oʻxshab ketgani bois qoʻshni bolalar unga „Zogʻora non“ (Polendina) deb laqab qoʻyishgan. Gapiruvchi chigirtka (il Grillo Parlante). Pinocchioga nasihat qilganda, Pinocchio yogʻoch bolgʻachani otib, uni oʻldiradi. Keyinchalik chigirtka arvoh sifatida paydo boʻlib, Pinocchioga nasihat qilishda davom etadi. Zangori sochli pari (la Fata dai capelli turchini) oʻrmon ruhi. Shilliqqurt (la Lumaca) Zangori sochli parining uyida xizmat qiladigan shilliqqurt. Pilik (Lucignolo) choʻpday ozgʻin, surbet bola, Pinocchioning eng yaqin doʻsti. Mum shamning piligiga oʻxshaydigan tana tuzilishi sabab „Pilik“ laqabini olgan. Aravakash (lOmino) Tarallabedod mamlakati xoʻjayini. Yalqov, toʻpolonchi bolalarni aldab-suldab aravasiga ortib, Tarallabedod mamlakatiga olib boradi. U yerga borgan bolalar eshak qiyofasiga kirib qolishadi, aravakash esa ularni mol bozorlariga yetaklab borib sotadi. Dahshatli akula (l terribile Pesce-cane) besh qavatli imoratdan ham baland akula. Mangiafuoco () qoʻgʻirchoq teatrining xoʻjayini. Tashqaridan qoʻrqinchli koʻrinsa-da, aslida yovuz odam emas. Yashil baliqchi (il Pescatore verde) mehnatsevar asalarilar orolidagi dengiz alvastisi. Boshidan oyogʻigacha hammayogʻi yam-yashil. Yashil baliqchi Pinocchioni toʻriga ilintirib olib, uni yemoqchi boʻladi. Tulki bilan mushuk (la Volpe e il Gatto). Usta Antonio (Mastro Antonio) duradgor chol. Burnining uchi olchaga oʻxshab qip-qizil boʻlib yaraqlab turgani uchun bolalar unga „Usta Olcha“ (Mastro Ciliegia) deb laqab qoʻyishgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Alifbo boʻyicha kitoblar Turkum:1883-yil kitoblari Turkum:Italyan tilidagi kitoblar Turkum:Bolalar qissalari