„Thinking, Fast and Slow“ („Sekin oʻyla, tez qaror qil“) — bu Nobel mukofoti sovrindori Daniel Kahneman qalamiga mansub 2011-yilda yozilgan kitob boʻlib, bu kitob chop etilib chiqqanidanoq, eng koʻp sotilgan kitoblar roʻyxatidan oʻrin oldi. Shuningdek, ushbu kitob 2012-yilda muhandislik hamda tibbiyot sohasidagi mavzularini jamoatchilik anglashiga koʻmaklashuvchi eng yaxshi ijodiy ish oʻlaroq „National Academies Communication“ mukofotiga loyiq topilgan.
Kitobda Kahneman, koʻpincha Amos Tverskiy bilan hamkorlikda oʻnlab yillar davomida olib borgan tadqiqotlari sarhisob qilingan. Bu uning faoliyatining barcha uch bosqichini oʻz ichiga oladi: uning bilimga moyillik toʻgʻrisidagi dastlabki olib borgan ishlari, istiqbollar nazariyasi hamda keyinchalik baxt haqidagi ishlari.
Shuningdek, bu kitobda Kahnemanning Isroil mudofaa kuchlari va uning tadqiqotchi sifatida taʼlim olishiga hissa qoʻshgan turli boʻlimlar hamda hamkasblari bilan olib borgan ishlaridan koʻplab tushunchalar ham keltirilgan sanaladi.
Mukofotlari 2011 — „Los Angeles Times“ kitob mukofoti 2012 — „National Academy of Sciences“ning eng yaxshi kitob mukofoti 2011 — The New York Times Book Review (eng yaxshi kitob sifatida) 2011 — Globe and Mail Best Books (yilning eng yaxshi kitobi sifatida) 2011 — The Economist'''ning „Yilning eng yaxshi kitobi“ nominatsiyasi 2011 — The Wall Street Journal''' jurnalining yilning eng yaxshi nofantastik kitobi
Manbalar
Havolalar
Thinking, Fast and Slow
Turkum:2011-yil kitoblari Turkum:Alifbo boʻyicha kitoblar Turkum:Psixologiyaga oid kitoblar