„Zumrad va Qimmat“ – oʻzbek xalq ertagi. Eng keng tanilgan oʻzbekcha ertaklardan biri. Ertak mehnatsevar Zumrad, uning oʻgay singlisi Qimmat va oʻgay onasi haqida boʻlib, boshqa xalqlardagi ertaklarga oʻxshash syujetga ega. Xususan, ertak yoqutlarning „Bekinmachoq“, ruslarning „Oʻn ikki oy“ („Morozbobo“) ertaklariga oʻxshaydi. Shuningdek, ertak mavzu jihatdan „Cinderella“ ertagiga yaqin ekanligi eʼtirof etilgan. Ertakda mehnatsevarlik gʻoyasi ulugʻlanadi.

„Zumrad va Qimmat“ asosida rejissyor Damir Salimov 1966-yil „Sehrli sandiq“ nomli multfilmni suratga olgan boʻlib, multfilm oʻzbeklar orasida kult darajasida tanilgan. Shuningdek, ertak asosida bir necha spektakl sahnalashtirilgan. Ertak bir necha oʻn toʻplamga, jumladan, 1988-yil Komil Imomov tuzgan ayni nomli oʻzbek xalq ertaklari toʻplamiga kiritilgan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbek xalq ertaklari