„Shoh Edip“ — yunon dramaturgi Sofokl qalamiga mansub tragediya. Ayrim olimlar tragediya eramizdan avvalgi 429-yilda ilk bor sahnalashtirilgan deb hisoblasa-da, aslida bu aniq maʼlumot emas. „Shoh Edip“ tragediyasida qadimgi yunon mifologiyasidan keng foydalanilgan. Sofoklning ijodiy choʻqqisi hisoblangan bu asar hozirgi kungacha jahon teatri sahnasidan tushmay keladi.
Oʻzbekcha tarjimasi Tragediyani Asqad Muxtor oʻzbekchaga tarjima qilgan. Bu tarjima asarning oʻzbek tilidagi ilk va yagona tarjimasidir. Muxtor asarni 1958-yilda Moskva shahrida „Xudojestvennaya literatura“ nashriyotida chop etilgan ruscha tarjimasidan oʻzbekchaga oʻgirgan. Oʻzbekcha tarjima 1979-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan.
Muxtor tragediyani oʻzbekchaga erkin tarjima qilgan: oʻzbek kitobxoni uchun tushunish qiyin boʻlgan joy, elat nomlari hamda atamalar oʻzgartirilgan yoki tushib qoldirilgan.
Manbalar
Havolalar „Shoh Edip: Tragediya“ Ziyouz saytida
Turkum:Pyesalar Turkum:Sofokl asarlari