thumb|right|B. R. Ambedkar Bhimrao Ramji Ambedkar (1891-yil 14-aprel — 1956-yil 6-dekabr) — hindistonlik huquqshunos, iqtisodchi, siyosatchi va ijtimoiy islohotchi boʻlgan, Dalit Buddist harakatiga ilhom bergan va daxlsizlarga (Dalits) nisbatan ijtimoiy kamsitishlarga qarshi kurash olib borgan. Shuningdek, u ayollar va mehnat huquqlarini qoʻllab-quvvatladi. U mustaqil Hindistonning birinchi qonun va adolat vaziri, Hindiston Konstitutsiyasining meʼmori va Hindiston Respublikasining asoschisi ediBhimrao AmbedkarAmbedkar Jayanti 2019: Facts on Babasaheb to share with kids | Parenting News,The Indian ExpressBhimrao Ramji Ambedkar | Biography, Books, & Facts | BritannicaAll You Need To Know About BR Ambedkar On His 129th Birth Anniversary.

1956-yilda u 600000 tarafdorlari bilan buddizmni qabul qilib, Dalitsni ommaviy konvertatsiya qilishni boshladi. U Hindistonda buddizmni qayta tikladi. Ambedkar Navayana buddistlari orasida bodhisattva va mayya sifatida qabul qilinadihttps://theprint.in/opinion/why-ambedkar-chose-buddhism-over-hinduism-islam-christianity/237599/https://indianexpress.com/article/explained/buddha-purnima-special-why-ambedkar-coverted-to-buddhism-6397742/https://www.thequint.com/news/india/br-ambedkar-conversion-to-buddhism.

1990-yilda Hindistonning eng yuqori fuqarolik mukofoti boʻlgan Bharat Ratna vafotidan keyin Ambedkarga topshirildi. Ambedkar merosida koʻplab madaniy yodgorliklar va tasvirlar mavjud. Ambedkarning ijtimoiy-siyosiy islohotchi sifatida qoldirgan merosi zamonaviy Hindistonga chuqur taʼsir koʻrsatdi.

Ambedkar 2012-yilda Vallabhbhai Patel va Javaharlal Nerudan oldin History TV18 va CNN IBN tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomada „Eng buyuk hindistonlik“ deb topilgan.

Ambedkar Jayanti (Ambedkar tugʻilgan kuni) — har-yili 14 aprelda nishonlanadigan, nafaqat Hindistonda, balki butun dunyoda nishonlanadigan festival. Ambedkar Jayanti butun Hindiston boʻylab rasmiy rasmiy bayram sifatida nishonlanadihttp://ccis.nic.in/WriteReadData/CircularPortal/D2/D02est/12_6_2015_JCA-2-19032015.pdf Ambedkar Jayanti from ccis.nic.in on 19-mart 2015-yilhttp://persmin.gov.in/ Webpage of Ministry of Personnel and Public Grievance & Pension125th Dr. Ambedkar Birthday Celebrations Around the World. mea.gov.in. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2016, 2017 va 2018-yillarda Ambedkar Jayanti bayramini nishonladi. Manbalar

Turkum:Kishilar Turkum:1891-yilda tugʻilganlar Turkum:1956-yilda vafot etganlar