„Hands to Myself“ amerikalik qoʻshiqchi Selena Gomezning Revival (2015) nomli ikkinchi studiyaviy albomiga kiritilgan qoʻshiqdir. Qoʻshiq 2016-yilning 26-yanvarida Interscope Records studiyasi tomonidan albomning uchinchi singli oʻlaroq chiqarilgan. Ashula soʻzlarini Gomez, Justin Tranter, Julia Michaels hamda produserlar — Mattman & Robin va Max Martin yozgan. Ashula uslubiy va lirik jihatdan amerikalik xonanda Prince ijodidan ilhomlangan.
„Hands to Myself“ tanqidchilar tomonidan xush qarshilandi. Qoʻshiqqa klip ham olinib, unga Alek Keshishian rejissorlik qildi, suratga olish ishlari esa Kaliforniya shtatining Hollywood Hills mahallasida boʻlib oʻtdi.. Qoʻshiq klipi 2015-yilning 25-dekabrida chiqarildi. Bundan tashqari, „Hands to Myself“ AQShning Billboard Hot 100 hit-paradida yettinchi pogʻonaga koʻtarildi va Gomezning AQSh hit-paradida yuqori oʻntalik safiga kirgan beshinchi hit ashulasiga aylandi. Ashula, shuningdek, Kanada, Yangi Zelandiya va Slovakiya hit-paradlarida yuqori oʻntalikka, Avstraliya va Birlashgan Qirollik hit-paradlarida esa yuqori yigirmatalik safiga kirdi. Trek-list Digital download Hands to Myself — 3:20
Digital download (Remixes) Hands to Myself (Betablock3r Remix) — 5:16 Hands to Myself (Fareoh Remix) — 3:01 Hands to Myself (KANDY Remix) — 3:18
Reliz tarixi Mamlakat Sanasi Format Leybl Manba(lar) 26-yanvar, 2016 Kontemporari hit radio Interscope 16-fevral, 2016 Ritmik kontemporari 4-mart, 2016 Contemporary hit radio Universal
Reyting Nashriyot Reyting Pozitsiya Complex The Best Songs of 2015 50 MuuMuse The Top 50 Singles of 2015The Top 50 Singles of 2015 | MuuMuse — Part 2 21 Rolling Stone 2015-yilning top 25 ashulasi (Rob Sheffieldga koʻra) 15 Spin 2015-yilning top 101 ashulalariThe 101 Best Songs of 2015 | SPIN 92 The Arizona Republic 2015-yilning eng yaxshi 35 ta ashulasiYear in Review: 30 best songs of 2015 30 The Fader 2015-yilning eng yaxshi 107 ta ashulasi 103
Manbalar
Havolalar
Turkum:Selena Gomez qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:2015-yil qoʻshiqlari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar