„Tabassum“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. Ilk bor 2010-yil Toshkent shahrida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi nashriyotida chop etilgan. 2013-hamda 2017-yillarda qayta bosilib chiqqan.

Toʻplamga asosan shoirning hazil va mutoyiba sheʼrlari kiritilgan. Toʻplamga Oʻzbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon „Kulgu — ochiqkoʻngillik guvohnomasi“ sarlavhasi ostida kirish soʻz yozgan.

Havolalar „Kulgu — ochiqkoʻngillik guvohnomasi“ — Toʻplam kirish soʻzi „Tabassum“ Kitobxon saytida

Turkum:Erkin Vohidov sheʼriy toʻplamlari