Temuriylar renessansi davri Osiyo va Islom tarixida XIV asr oxiridan XVI asr boshlariga qadar davrni qamrab olgan tarixiy davr edi. Islom oltin asrining asta-sekin tugay boshlashidan soʻng Oʻrta Osiyoda joylashgan hamda Temuriylar sulolasi boshqargan Temuriylar davlati sanʼat va fanlarning qayta tiklanishi uchun turtki boʻlgan. Mazkur harakat butun musulmon olamiga keng tarqalgan. Renessans soʻzi fransuzcha „qayta tugʻilish“ degan maʼnoni anglatib, maʼlum bir davrdagi madaniy tiklanishni ifodalaydi. Temuriylar davriga nisbatan mazkur atamadan foydalanish olimlar orasida noroziliklarni keltirib chiqargan. Ularning baʼzilari buni temuriylar madaniyatining yuksakligi deb bilishadi.
Temuriylar renessansi Yevropa renessansidan oldinroq sodir boʻlgan.The Connoisseur - Volume 219 - Page 128Europe in the second millenium: a hegemony achieved? - Page 58. Ushbu davr shon-sharaf nuqtayi-nazaridan Italiyaning Kvadrosentosiga teng deya taʼriflanadi. Temuriylar uygʻonish davri XV asrda, moʻgʻul bosqinlari va istilolari yakunlangach oʻz choʻqqisiga chiqqan.
Fors-islom gʻoyalari asosidagiWorld History as the History of Foundations, 3000 BCE to 1500 CE By Michael Borgolte, page 293 Temuriylar renessansi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Samarqandning qayta qurilishi, Amir Temur tomonidan Temur shaxmatining kashf etilishi, Shohruh Mirzo va rafiqasi Gavhar Shodbegimning Hirotdagi (Italiya madaniy Uygʻonish markazi Florensiyaga raqobatchi sifatida mashhur) hukmronligiPeriods of World History: A Latin American Perspective - Page 129The Empire of the Steppes: A History of Central Asia - Page 465, astronom va matematik olim Mirzo Ulugʻbek davri, shuningdek sanʼat homiysi Husayn Boyqaro tomonidan bir qator oʻquv dargohlarining qurilishi. Amir Temur hukmronligi davrida klassik fors sanʼatiga qiziqish qayta tiklandi. Yirik qurilish loyihalari boʻlmish mavzoley, madrasa va kutubxonalar qurildi. Matematik va astronomik tadqiqotlar oʻtkazish qayta tiklandi va XVI asr boshlariga kelganda oʻqotar qurollarni oʻzlashtirishga ham erishildi.
Temur hayotligi davridagi asosiy qurilish ishlaridan Shahrisabzdagi Yozgi saroy, Bibixonim jome masjidi va Ahmad Yassaviy maqbarasini koʻrsatish mumkin. Bu davrda Hirot shahri musulmon dunyosida ilmiy va badiiy hayotning muhim markaziga aylangan. Samarqand, shaharda amalga oshirilgan qayta qurish va yuksak eʼtibor natijasida renessans va madaniyat markaziga aylangan.
Temuriylar Uygʻonish davri avvalgi buvayhiylar sulolasining madaniy va badiiy taraqqiyotidan farq qilar edi. Chunki bu davr mumtoz madaniyatning bevosita qayta tiklanishi emas, balki yanada keng tarqalgan turkiy va rasmiy fors tiliga yangi soʻzlashuv usublarini qoʻshish ham edi. Temuriylar Uygʻonish davri Moʻgʻullar imperiyasidan meros qilib olinganStrange Parallels: Volume 2, Mainland Mirrors: Europe, Japan, China, South Asia, and the Islands: Southeast Asia in Global Context, C.800-1830 by Victor Lieberman Page 712Imperial Identity in the Mughal Empire by Lisa Page 4Sufism and Society: Arrangements of the Mystical in the Muslim World, 1200–1800 edited by John Curry, Erik Ohlander, Page 141 va Islomiy porox imperiyalari davridagi boshqa davlatlarga (Usmonlilar Turkiyasi va Safaviylar Eroni) sezilarli taʼsir koʻrsatganThe Silk Road: A Very Short Introduction by James A. Millward..
Tarixi thumb| Jomiy. Taqvodorlar gulzorlari illyustratsiyasi (1553). Surat Temuriylar davri koʻplab asarlari uchun odatiy hol boʻlganidek, fors sheʼriyatini va fors miniatyurasini birlashtirgan. Temuriylar imperiyasiga Amir Temur 1370-yilda Xulagular davlati vorislari boʻlgan bir necha kichik davlatlarni bosib olgandan soʻng asos solgan. Temuriylar shaharlarni zabt etgandan soʻng, odatda mahalliy hunarmandlarning hayotini asrab qolib, ularni temuriylar poytaxti Samarqandga yuborganlar.
XV asr boshlarida Temuriylar Forsni bosib olganlaridan soʻng, fors badiiy xususiyatlari moʻgʻul sanʼati bilan uzviy bogʻlangan. Keyinchalik Temur tomonidan shariat muassasalariga asos solinishi Samarqandni Islom sanʼatining markazlaridan biriga aylantirgan.
XV asr oʻrtalarida Hirot temuriylar madaniy hayotining markazi sifatida tanila boshlagan. Samarqandda boʻlgani kabi, hunarmand va ziyolilar tez orada Hirotni sanʼat va madaniyat markaziga aylantira olishgan. Tez orada temuriylarning aksariyati fors madaniyatini oʻz madaniyati sifatida qabul qildilarB.F. Manz; W.M. Thackston; D.J. Roxburgh; L. Golombek; L. Komaroff; R.E. Darley-Doran (2007). "Timurids". Encyclopedia of Islam, online edition. "During the Timurid period, three languages, Persian, Turkish, and Arabic were in use. The major language of the period was Persian, the native language of the Tajik (Persian) component of society and the language of learning acquired by all literate and/or urban Turks. Persian served as the language of administration, history, belles lettres, and poetry.".
Sanʼat
left|thumb| Sulton Husayn Boyqaro, Sanʼat homiysi, koʻplab taʼlim markazlari quruvchisi.
Temuriylar sanʼati forslarning anʼanaviy „Kitobat sanʼati“ni oʻzlashtirib, takomillashtirgan. Temuriylar davrida yangicha sanʼat asarlari qatorida badiiy asarlarda qoʻlyozma hamda tasvirlar uygʻunlashuvi kuzatildi. Ushbu illyustratsiyalar boy ranglari va nafis dizayni bilan ajralib turardi. Ushbu qoʻlyozmalarda tasvirlangan miniatyura rasmlari sifati tufayli Metropolitan Sanʼat muzeyi arxeologi va sanʼatshunosi Suzan Yalman taʼkidlaganidek, „Hirot maktabi“ qoʻlyozma rasmlariga koʻpincha fors rassomligining mantiqiy davomchisi sifatida qaraladi.
Temuriylar davrida kumush bilan ishlov berilgan poʻlat koʻp holatda yuqori sifatli deya baholanmoqda. Rassomlik qoʻlyozmalar bilan cheklanib qolmagan. Chunki temuriylarning koʻpgina rassomlari murakkab devoriy tasvirlarni ham yaratgan. Ushbu devoriy tasvirlarning aksariyatida fors va xitoy badiiy anʼanalaridan kelib chiqqan landshaftlar tasvirlangan"Timurids" The Columbia Encyclopedia (Sixth ed.). New York City: Columbia University. Retrieved 2006-11-08.. Ushbu rasmlarning mavzusi boshqa madaniyatlardan olingan boʻlsa-da, temuriylarning devoriy tasvirlari oxir-oqibat oʻziga xos uslubda takomillashtirilganLentz, W. Thomas. Dynastic Imagery in Early Timurid Wall Paintings. Los Angeles Museum of Art.URL:https://archnet.org/system/publications/contents/4320/original/DPC0599.pdf?1384784647 .
Moʻgʻullar badiiy anʼanalari butunlay bekor qilinmaganini XV asr temuriylar sanʼatida inson siymosining yuqori sifatda tasvirlanganidan bilishimiz mumkin. Bunday tasvirlash uslubi ana shu madaniyatdan kelib chiqqanBlair, Sheila, and Bloom, Jonathan M., The Art and Architecture of Islam, 1250–1800, Chapter 5, 1995, Yale University Press. Pelican History of Art, ..
Sulton Husayn Boyqaro hukmronligi davrida sanʼat yanada yuksalgan. U oʻz hukmronlik davrida ilm-fan xayrixohi va homiysi sifatida tanilgan. Sulton Husayn koʻplab mashhur maktablar barpo etgan. Uni Zahiriddin Muhammad Bobur „keyingi davr Movarounnahr hukmdorlarining eng muhim va asosiysi“ hamda goʻzal saroyi va badiiy muhitga nisbatan saxiy homiyligi hayratga sazovor ekanligi eʼtirof etgan.
Temuriylar meʼmorchiligi
Temuriylar meʼmorchiligi Saljuqiylar meʼmorchiligining oʻziga xos jihatlaridan foydalangan. Murakkab chiziqli va geometrik naqshlarni kas ettiruvchi firuza va koʻk plitalar binolar fasadlarini bezagan. Baʼzan ichki qismi ham xuddi shunday bezalgan boʻlib, rasmlari va nihoyatda yengilligi effektni yanada boyitganEncyclopædia Britannica, "Timurid dynasty", Online Academic Edition, 2007. "Turkic dynasty descended from the conqueror Timur (Tamerlane), renowned for its brilliant revival of artistic and intellectual life in Iran and Central Asia. ... Trading and artistic communities were brought into the capital city of Herat, where a library was founded, and the capital became the centre of a renewed and artistically brilliant Persian culture.".
Temuriylar meʼmorchiligi Oʻrta Osiyoda islom sanʼatining eng yuqori choʻqqisi boʻlgan. Amir Temur va uning vorislari Samarqand va Hirotda barpo etgan ajoyib va ulugʻvor binolar Hindistonda Xulagular sanʼat maktabining taʼsirini yoyishga yordam berib, mashhur moʻgʻul meʼmorchilik maktabini vujudga keltirgan.
Temuriylar meʼmorchiligi hozirgi Qozogʻistondagi Ahmad Yasaviy maqbarasidan boshlanib, Amir Temurning Samarqanddagi Guri Amir maqbarasi bilan yakunlanadi. Goʻri Amir maqbarasi XIV asrga xos „firuza fors plitalari“ bilan qoplanganJohn Julius Norwich, Great Architecture of the World, Da Capo Press, 2001. p. 278.. Qadimiy Samarqand shahri markaziga yaqin joyda „fors uslubidagi madrasa“ (diniy maktab) va Ulugʻbek qurdirgan „fors uslubidagi masjid“ni koʻrish mumkin. Temuriy shahzodalar maqbarasi, savdo markazi va moviy plitali gumbazlari eng nozik va nafis namunalar sifatida mashhurHugh Kennedy, The Great Arab Conquests: How the Spread of Islam Changed the World We Live In, Da Capo Press, 2007. p. 237.
Eksenel simmetriya barcha temuriylarning asosiy inshootlariga, xususan, Samarqanddagi Shohizinda, Hirotdagi Musalla majmuasi va Mashhaddagi Gavhar Shod masjidiga xos xususiyat hisoblanadi. Turli shakldagi ikki qavatli gumbazlar koʻpayib, tashqi tomonlari ajoyib ranglar bilan bezalgan. Amir Temurning mintaqadagi hukmronligi fors meʼmorchiligining poytaxt va Hindiston yarim oroliga taʼsirini kuchaytirganBanister Fletcher, Dan Cruickshan, Sir Banister Fletcher's a History of Architecture, Architectural Press, 1996. pg 606.
Metallga ishlov berish, kulolchilik va oʻymakorlik Temuriylar imperiyasi ham sifatli metall buyumlar ishlab chiqargan. Odatda poʻlat, temir, jez va bronza asosiy xom ashyolardan hisoblangan. Temuriylar davrida kumush bilan quyilgan poʻlat ayniqsa, yuqori sifatli deb keltirilganThe Caspian Sea Journal ISSN: 1578-7899 Volume 10, Issue 1, Supplement 3 (2016) 127-132 The Compilation of One Object of Timurid Metalwork (12th Century) in the National Museum of Iran with Two Objects in National Museum of Yerevan-Armenia.
URL: http://csjonline.org/CSJ/2016/Supp3/127-132.pdf. Temuriylar imperiyasi qulaganidan soʻng, bir necha yil Eron va Mesopotamiya madaniyatlari Temuriylar metallurgiyasi anʼanalarini davom ettirishgan.
Xitoy uslubidagi keramika temuriylar hunarmandlari tomonidan ishlab chiqarilgan. Yashma toshi oʻymakorligi Temuriylar sanʼatida ham maʼlum darajada mavjud boʻlgan.
Ilm-fan thumb|Ulugʻbek va Ali Qushchi observatoriyada.|left thumb|Ulugʻbek observatoriyasi va madrasasi Markaziy Osiyodagi astronomiya ilmining muhim markazi boʻlgan.|226x226px 200px|thumb|left|Ali Koshiy teoremasi
Jamshid al-Koshiy matematika va astronomiya sohalariga eng katta hissa qoʻshgan olimlardan biri boʻlgan. U ham hukmdor Shohruh Mirzo, ham uning rafiqasi Gavharshod begim tomonidan birdek qoʻlab-quvvatlangan. Ularning har ikkalasi ham ilm-fan va madaniyat rivojiga nihoyatda qiziqish bilan qarashgan. Binobarin, ularning hokimiyatdagi davri koʻplab ilmiy yutuqlar davriga aylangan.