thumb|300x300px| Svyatlana Sixanovskaya (chapda) oʻz mitingiga ketmoqda (Minsk, 2020-yil 30-iyul) thumb|300x300px| Svyatlana Sixanovskaya va saylovoldi qoʻshma shtabning mitingi (Minsk, 2020-yil 30-iyul) Svyatlana Georgiyevna Sixanovskaya (qizlik familiyasi Pilipchuk; ; 1982-yil 11-sentyabrda tugʻilgan) — belaruslik siyosatchi, 2020-yilgi saylovlarda Belarus Respublikasi prezidentligiga nomzod.
Tarjimai holi
Yoshligi 2000-yilda Svyatlana Pilipchuk Mikashevichidagi 2-oʻrta maktabni oltin medal bilan tugatdi. Oʻqishni tamomlagandan soʻng Mozir davlat pedagogika universitetining filologiya fakultetida tahsil oldi (Gomel viloyati, Mozir shahri), universitetni chet tillar (ingliz, nemis) mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.
Mehnat faoliyati Oʻqishni tugatgandan soʻng u Gomel shahrida yashadi. Turli tashkilotlarda ingliz tilidan tarjimon boʻlib ishladi, shu jumladan Chernobil AES halokatidan jabr koʻrganlar uchun tashkil etilgan „Chernobyl Life Line“ (Irlandiya) xayriya tashkilotida faoliyat yuritdi.
Siyosiy faoliyati 2020-yil 15-mayda, Markaziy Saylov Komissiyasi Sergey Sixanovskiyning tashabbuskor guruhini roʻyxatga olishni rad etganidan soʻng, Svyatlana Sixanovskaya Markaziy saylov komissiyasiga oʻzini prezidentlikka nomzod sifatida koʻrsatish uchun roʻyxatga olishni talab qilib hujjatlarni taqdim etdi .
Lidiya Yermoshina boshchiligidagi Markaziy Saylov Komissiyasi 2020-yil 20-may kuni Svyatlana Sixanovskayaning tashabbuskor guruhini roʻyxatga oldi . Svyatlana Sixanovskaya shatabining boshligʻi uning eri Sergey Sixanovskiy boʻldi. 2020-yil 29-may kuni Grodno shahrida Svyatlana Sixanovskayani Belarus Respublikasi prezidentligiga nomzod sifatida koʻrsatish uchun imzo toʻplash piketi boʻlib oʻtdi, natijada Sergey Sixanovskiy, tashabbus guruhining koordinatori Dmitriy Furmanov Задержанного по «делу Тихановского» Дмитрия Фурманова наказали десятью сутками ареста va boshqalar hibsga olindi. Jami 10 kishi hibsga olingan . Keyingi piketlarda Svyatlana Sixanovskaya nomzodiga imzo toʻplash uchun Minskda va boshqa shaharlarda navbatlar yigʻildi . Svyatlana Sixanovskayaning tashabbuskor guruhi aʼzolariga turli bosimlar oʻtkazildi, koordinator va aktivistlar butun Belarus boʻyicha hibsga olindi, 2020-yil 15-mayda tashabbus guruhining matbuot kotibi Aleksandr Kabanov ham hibsga olindi . Tashabbuskor guruh aʼzolari bilan birgalikda toʻplangan imzolar ham olib qoʻyildi . 2020-yil 11-iyunda Svyatlana Sixanovskaya videomurojaat eʼlon qildi, unda u 12, 13 va 14-iyun kunlari Minskda va viloyat shaharlarida imzo toʻplash uchun oʻtkaziladigan piketlarni tasvirga olajagini, chunki u yerda uning tashabbuskor guruhi aʼzolariga qarshi provokatsiyalar boʻlishi mumkinligini aytdi . Piketlar natijasida Svetlana Tixanovskayani qoʻllab-quvvatlash uchun 100 mingdan ortiq imzo toʻplandi .
2020-yil 16-iyun kuni Sixanovskaya mintaqaviy komissiyalarga imzo varaqalari tarqatish uchun safarga chiqqan mahal nomaʼlum shaxs tomonidan telefon qoʻngʻirogʻi boʻlib, unga prezidentlik saylovlarida qatnashmaslikni, aks holda bolalari jabr koʻrishini aytdi . Keyinchalik Svyatlana Sixanovskaya saylovda ishtirokini davom ettirish niyati borligini maʼlum qildi . 30-iyun kuni Svyatlana Sixanovskaya prezidentlikka nomzod sifatida roʻyxatga olish uchun MSKga hujjatlar taqdim etdi .
2020-yil 14-iyulda Markaziy Saylov Komissiyasining Prezidentlikka nomzodlar sifatida roʻyxatga olish boʻyicha yigʻilishi boʻlib oʻtdi, natijada Svyatlana Sixanovskaya roʻyxatga olindi. Soliq deklaratsiyasidagi kamchiliklarga qaramay (Svyatlana Gomel viloyatida erining uyi borligini koʻrsatmagan), Markaziy saylov komissiyasining barcha aʼzolari Svyatlana Sixanovskayani prezidentlikka nomzod sifatida roʻyxatga olish uchun ovoz berishgan .
2020-yil 16-iyul kuni Svyatlana Sixanovskaya, Viktor Babariko va Valeriy Sepkaloning shtablari vakillari uchrashdi. Uchrashuv natijasida shtablar birlashishga kelishib, 9-avgust kuni xalqni ovoz berishga chaqirishni, saylovlarni kuzatishda ishtirok etishni, siyosiy va iqtisodiy mahbuslarni ozod qilishni umumiy maqsad qilib oldilar. Birlashishning muhim sabablaridan biri takroriy saylovlarni oʻtkazish boʻlib, unda hozir qamoqda saqlanayotgan muqobil nomzodlar mavjudligidir .
2020-yil 19-iyulda Minskdagi Bangalor maydonida birinchi yigʻilish boʻlib oʻtdi, unda 7-10 ming atrofida odam toʻplandi .
2020-yil 20-iyulda Sixanovskaya birinchi marotaba davlat radiosi efiriga chiqdi, u nutqining avvalida qisqacha oʻz tarjimai holini gapirdi, prezidentlik saylovlarida qatnashish uchun sabablardan biri bu eri Sergey Sixanovskiyning hibsga olinishi ekanligini taʼkidladi.
2020-yil 21 va 28-iyul kunlari u Belarus milliy telekanalida chiqish qildi, u yerdan mamlakatning barcha fuqarolariga murojaat qildi .
2020-yil 30-iyul kuni Minsk shahridagi Xalqlar doʻstligi bogʻida Belarus Respublikasi prezidentligiga nomzod Svyatlana Sixanovskayaning rasmiy piketi boʻlib oʻtdi, unda turli xil maʼlumotlarga koʻra 18,250 #МВД_ОФИЦИАЛЬНО dan 63-70 ming kishigacha Разное. Светлана Тихановская на многотысячном митинге в Минске: власти тратят бюджетные деньги на ледовые дворцы, а на больных детей у них средств не хватает qatnashdi. Bu 1991-yildan beri eng katta mitingga aylandi .
6-avgust kuni Minsk rasmiylari Bangalor maydonidagi mitingni toʻxtatdilar. Sixanovskaya va qoʻshma shtab vakillari Veronika Sepkalo va Mariya Kolesnikova Minsk aholisini soat 19:00da Kiev maydonidagi uchrashuvga kelishga chaqirdilar, bu yerda shahar maʼmurlari "Qoʻshimcha taʼlim muassasalarining ochiq eshiklar kuni" deb nomlangan bayramni tashkil qilayotgan edilarТихановская отменила предвыборный митинг в Минске, 6.08.2020. Kutilmaganda ikkita di-djey ovoz kuchaytirgichlardan Viktor Soyning "Хочу перемен!" ("Oʻzgarishlarni xohlayman!") qoʻshigʻini qoʻyishdiДиджеи, включившие песню Цоя в Минске, осуждены на 10 суток, 7.08.2020. Politsiya Svyatlana Sixanovskaya va qoʻshma shtab vakillari Kiev maydoniga kirishiga ruhsat bermadiСторонники перемен переполнили Киевский сквер , 6.08.2020. Bu boʻyicha Sixanovskaya va qoʻshma shtab aʼzolari rossiyalik bloger Ilya Varlamovga intervyu berishdiНадежда на перемены в Беларуси: свергнут ли Лукашенко на выборах? Интервью с Тихановской 8.08.2020. 8-avgust kuni Minskda Sixanovskaya saylovoldi shtabining rahbari Mariya Moroz hibsga olindiВ Минске вновь задержали главу штаба Светланы Тихановской 8.08.2020, Sixanovskayaning yaqin maslakdoshi Mariya Kolesnikovani ham hibsga olibЗадержана Мария Колесникова, соратница Тихановской - штаб 8.08.2020Задержана Мария Колесникова, соратница кандидата в президенты Белоруссии Тихановской 9.08.2020, tez orada xatolik yuz berganini aytib hibsdan ozod qilishdiКолесникову отпустили, задержание было "по ошибке" - штаб кандидата в президенты 8.08.2020. Shu kecha Svyatlana Sixanovskaya yolgʻiz qolmaslik maqsadida oʻz uyida uxlamadi. Svyatlana Minskdagi shtab aʼzolari va jurnalistlar qurshovida qoldiНакануне выборов Тихановская покинула свою квартиру в Минске ради безопасности 9.08.2020.
Saylov
2020-yil 9-avgust, yakshanba kuni Belarusda prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtdi. 2020-yil 10-avgust kuni Belarus MSK saylovda Aleksandr Lukashenkoning gʻalabasini eʼlon qildi. Markaziy Saylov Komissiyasi bergan dastlabki maʼlumotlarga koʻra Tixanovskaya 10,09 % olgan. Sixanovskaya bunga rozi boʻlmadi va ovozlarni qayta sanashni talab qildi. U Markaziy saylov komissiyasiga shikoyat arizasi bilan murojaat qildi va u yerda xavfsizlik kuchlari bilan uzoq suhbatlashdi. Shundan soʻng, u bilan aloqa yoʻqoldi.
Xorijiy mamlakatlarda tashkil etilgan 19 ta saylov uchastkalaridagi soʻrovnomaga (ekzit-poll) koʻra Sixanovskaya 81,57 %, Lukashenko esa 5,89 % ovoz olishgan.
2020-yil 11-avgustda Litva Tashqi ishlar vaziri Linas Linkyavichyus Sixanovskaya Litvada xavfsiz holatda ekanligini eʼlon qildi. Uning safdoshi Olga Kovalkovaning soʻzlariga koʻra, Sixanovskaya Belarus hukumati tomonidan olib ketilgan va unga boshqa chora qolmagan. Ushbu maʼlumotlarga koʻra, Sixanovskaya ilgari hibsga olingan oʻzining ishonchli sherigi Mariya Moroz bilan birga Belarusni tark etgan. Kovalkovaning soʻzlariga koʻra, Svyatlana jamoasining bir qismi garovda qolgan. 11-avgust kuni Sixanovskayadan olingan videoxabar Belarusda eʼlon qilindi va unda Belarus xalqi oʻz tanlovini qilgani, uni qoʻllab-quvvatlagan barcha vatandoshlariga minnatdorchilik bildirgan holda, Belarusdagi vatandoshlaridan tashqariga chiqmaslik, politsiya bilan toʻqnashmaslik, hayotlarini xavf ostiga qoʻymaslikni soʻradi.
Ommaviy namoyishlar 2020-yilgi saylovdan soʻng Sixanovskayani qoʻllab-quvvatlash maqasadida va Lukashenkoga qarshi oʻtkazilgan mitinglar Belarus tarixidagi eng yirigi boʻldi, Brestda 20 ming va Minskda 60 ming odam yigʻildiEx-teacher hopes to free Belarus from president's iron fist, Associated Press (4-avgust 2020-yil)..
Oilasi U prezidentlikka nomzod va saylovdan bir necha oy avval hibsga olingan Sergey Sixanovskiyning turmush oʻrtogʻi. Ularning ikki nafar farzandi bor: qizi 4 yoshda, oʻgʻli 10 yoshda. 2020-yil yozida, boʻlgan tahdidlar sababli saylov kampaniyasi davrida bolalari Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan biriga yuborildi. Sergey Sixanovskiy bunga qarshi boʻldi .
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:11-sentabrda tugʻilganlar Turkum:Kishilar Turkum:Siyosat Turkum:Davlat boshliqlari