Mazinho Oliveira (; 1965-yil 26-dekabrda, San-Pauluning Guarujá shahrida tugʻilgan) – braziliyalik sobiq futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. Braziliya terma jamoasi tarkibida 1990—1991-yillarda toʻp tepgan. 1991-yilgi Amerika kubogi kumush medali sovrindori.

Klubdagi faoliyati Mazinho professional faoliyatini 1985-yilda Santos klubi tarkibida boshlagan. Keyinchalik „San-Bentu“ va „Atletiko Paranaense“ klublarida oʻynagan. 1990-yilda „Bragantino“ jamoasiga oʻtgan. Jamoa bilan u 1990-yilgi Paulista ligasi gʻolibi va 1991-yilgi Braziliya chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan. U ikki marta mavsum yakunlariga koʻra Braziliya chempionatining"Kumush toʻp" sovrini bilan taqdirlangan.

Mazinoning oʻyini nemis „Bavariya“ klubi vakillarining eʼtiborini tortgan va braziliyalik futbolchi 1991-yil yozida ushbu jamoaga oʻtgan. Uning Germaniya chempionatidagi debyuti 1991-yil 14-avgustda Dusseldorfning „Fortuna“ jamoasiga qarshi oʻyinda (1:0) sodir boʻlgan. U 1991/92-yilgi mavsumda UEFA kubogi musobaqalarida ishtirok etgan. 1992/93-yilgi mavsumda München klubi bilan birga Bundesligada ikkinchi oʻrinni egallagan. 1993-yilda u „Internasional“ jamoasiga ijaraga berilgan va 1995-yilda „Bavariya“ klubini tark etib, „Flamengo“ bilan shartnoma imzolagan.

1995-yilning yozida Yaponiyaning „Kashima Antlers“ jamoasiga qoʻshilgan. Jamoa bilan u ikki marta Yaponiya chempioni boʻlgan, Imperator kubogi, Jey-liga kubogi va Superkubokni qoʻlga kiritgan. 1997-yilgi mavsumda u 22 ta gol urib, chempionat toʻpurarlari roʻyxatida uchinchi oʻrinni egallagan. 2000-yilgi mavsumni Kavasaki Frontale tarkibida oʻtkazgan, shundan soʻng Mazinho „Bragantino“ jamoasiga qaytgan va u yerda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Milliy terma jamoadagi faoliyati Braziliya terma jamoasi safida u 1990-yil 12-dekabrda Meksikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (0:0) debyut qilgan. 1991-yilning yozida terma jamoa bosh murabbiyi Falkao Mazinho Oliveyroni Chilida boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etish uchun yakuniy tarkibga kiritgan. Turnir yakuniga koʻra, braziliyaliklar Argentinaga imkoniyatni boy berib, ikkinchi oʻrinni egallagan. U terma jamoa safida jami 10 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan (Ekvador va Chili darvozasiga).

Faoliyat statistikasi Klub Klubdagi ishtiroki Liga Kubok Boshqa Jami Mavsum Klub Liga Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar GollarBraziliya Liga Braziliya kubogi Liga kubogi Jami1985SantosSérie A60601986303019870000198800001989Atlético ParanaenseSérie A1131131990BragantinoSérie A1221221991216216Germaniya Liga DFB-Pokal Yevropa Jami1991–92Bayern MunichBundesliga288124233121992–9317322-1951993–9410000010Braziliya Liga Braziliya kubogi Liga kubogi Jami1994InternacionalSérie A9292Germaniya Liga DFB-Pokal Yevropa Jami1994–95Bayern MunichBundesliga30001040Braziliya Liga Braziliya kubogi Liga kubogi Jami1995FlamengoSérie A0000Yaponiya Liga Imperator kubogi J.Liga kubogi Jami1995Kashima AntlersJ1 ligasi9422-1161996191133132351619973122571264835199824941423212199917620102062000Kawasaki FrontaleJ1 ligasi81001192Braziliya Liga Braziliya kubogi Liga kubogi Jami2001BragantinoSérie B0000 Mamlakat Braziliya62136213Germaniya491134525717Yaponiya108531613311115577Umumiy2197716133111266101

Xalqaro

BraziliyaYilOʻyinlarGollar199010199192Umumiy102 Yutuqlari

Braziliya chempionatining kumush medali sovrindori:1991 Germaniya chempionatining kumush medali sovrindori: 1992/93 Paulista ligasi gʻolibi: 1990-yil Yaponiya chempioni: 1996, 1998 Yaponiya chempionatining kumush medali sovrindori: 1997 Imperator kubogi sohibi: 1997 Jey-liga kubogi sohibi: 1997-yil Yaponiya Superkubogi sohibi: 1997-yil

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Santos F.C. futbolchilari Turkum:FC Bayern Munich futbolchilari Turkum:SC Internacional futbolchilari Turkum:CA Paranaense futbolchilari Turkum:CA Bragantino futbolchilari Turkum:CR Flamengo futbolchilari Turkum:Kashima Antlers futbolchilari Turkum:Kawasaki Frontale futbolchilari Turkum:J1 ligasi futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Yaponiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar