„Kelajakka maktub“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 1983-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Toʻplamdagi sheʼrlar „Vatan sogʻinchi“ hamda „Biz Donishqishloqdanmiz“ turkumlariga boʻlingan. Toʻplamga Anvar Obidjon muharrirlik, taniqli yozuvchi, tarjimon va tanqidchi Ibrohim Gʻafurov esa taqrizchilik qilgan.
Manbalar
Havolalar „Kelajakka maktub“ Ziyo.uz saytida
Turkum:Erkin Vohidov sheʼriy toʻplamlari