5-hujum (inglizcha: The 5th Wave) — 2016-yilda katta ekranlarga chiqqan, J Blakeson tumanidan suratga olingan hamda Columbia Pictures tomonidan tarqatilgan ilmiy fantastika janridagi AQSh filmidir.

5-hujum filmi premyerasi Amerika Qoʻshma Shtatlarida 22-yanvar 2016-yilda boʻlib oʻtdi. Film budjeti $38–54 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $110 millionga yaqin daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi.

Syujeti Ilk bor AQShning Ohio shtati oʻzga sayyoraliklarning hujumiga uchraydi. Keyinchalik esa oʻzga sayyoraliklarning hujumi butun Yerni qamrab oladi. AQSh hukumati oiladagi erkaklar va ayollarni alohida-alohida lagerlarga joylashtiradi. Ogayoda yashovchi yuqori sinf oʻquvchisi boʻlgan Cassie Sullivan ham otasi va ukasi Sam bilan lagerga ketishga tayyorgarlik koʻradi. Onasi esa shifokor boʻlib, oʻzga sayyoraliklarning 3chi hujumi — qushlar orqali tarqatilgan yuqumli kasalliklardan soʻng vafot etadi. Sullivan ukasining ayiq oʻyinchoqchasi uyida qolib ketganligi tufayli lagerga boradigan avtobusdan qolib ketadi. U ukasining yoniga borish uchun oʻrmonni kezadi. Ammo, u kezayotgan chogʻda otasini uchratadi va otishmaga guvoh boʻladi. Otishmani koʻrib, darhol qochadi. Uning niyati ukasi Samʼni topish. Lagerni tashkillashtiruvchilar oʻzga sayyoraliklar boʻlib, ularning maqsadi bolalarni oʻzga sayyoraliklarga qarshi tayyorlab, oʻzlarini qirishga majbur qilish edi. Bu jarayon oʻzga sayyoraliklarning 5chi hujumi edi. Oxir-oqibat, film soʻngida, Cassie Samni topadi va oʻsha yerdagi bolalar bilan birgalikda oʻzga sayyoraliklarning 5chi hujumi bilan birga oʻzlarini ham yoʻq qiladi.

Rollarda Chloë Grace Moretz roli Cassie Sullivan Nick Robinson roli Ben Thomas Parish Ron Livingston roli Oliver Sullivan Maggie Siff roli Lisa Sullivan Alex Roe roli Evan Walker Maria Bello roli Sergeant Reznik Maika Monroe roli Ringer Zackary Arthur roli Sam Sullivan Liev Schreiber roli Colonel Alexander Vosch Tony Revolori roli „Dumbo“ Talitha Bateman roli „Teacup“ Nadji Jeter roli „Poundcake“ Alex MacNicoll roli „Flintstone“

Manbalar

Havolalar

Turkum:2016-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Columbia Pictures filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari Turkum:AQSh triller filmlari Turkum:Oʻzga sayyoraliklar haqidagi filmlar Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar