Qizil ariq — Oʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan.

Tarixi Margʻilon tarixi bilan chambarchas bogʻliq. Tarixi taxminan XVI asrlarga borib taqaladi. Bunga sabab Buyuk Sohibqiron Amir Temur davrida shaharlar yiriklashgan va qalʼalarda aholi soni ortgan. Buning natijasida esa qalʼa aholisini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash muammosini keltirib chiqargan.Shu sababli aholini maʼlum bir qismi shu hududga koʻchgan.Shuning uchun u yerdagi hozirgi yashayotgan aholining kelib chiqishi asosan Margʻilonlik aholi qatlami hisoblanadi.Qadimda aholi asosan hunarmandchilik, aravasozlik, dexqonchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullangan. Eng yaxshi taraqqiy etgan soha bogʻdorchilik va dexqonchilikdir. Bunga sabab suv bilan yaxshi taʼminlanganligidir. Oʻsha paytdagi boshqa hududlar suv bilan yaxshi taʼminlanmagan edi faqatgina Fargʻona katta kanali qurilgandan soʻng aniqrogʻi 1939-yilning avgust oyidan keyin boshqa hududlar suv bilan taʼminlangan. Qizil ariq hududga suv hozirgi Eshonguzar hududidan boshlanuvchi yerosti sizot suvlari orqali taʼminlaydi. ПОСТАНОВЛЕНИЕ КАБИНЕТА МИНИСТРОВ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН 13.03.2009 г. N 68 О ДОПОЛНИТЕЛЬНЫХ МЕРАХ ПО СОВЕРШЕНСТВОВАНИЮ АДМИНИСТРАТИВНО-ТЕРРИТОРИАЛЬНОГО УСТРОЙСТВА НАСЕЛЕННЫХ ПУНКТОВ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston:Shaharchalar Turkum:Qoʻshtepa tumani