Otabek Bahritdinovich Murodov – Oʻzbekiston Respublikasi 5-Bosh prokurori (2018-yil 31-yanvardan 2019-yil 20-iyungacha).

Biografiyasi 1975-yili 6-aprelda Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani, Yakkabogʻ qishlogʻida tugʻilgan. Millati oʻzbek 1992-yilda Shahrisabz shahridagi A. S. Pushkin nomli 3-oʻrta taʼlim maktabini bitirgan. Aʼlo oʻqishi va namunali xulqi uchun oʻrta maktabning oltin medali bilan taqdirlangan. 1989—1991-yillarda maktabning komsomol tashkilotiga rahbarlik qilgan. 1992-yilda Toshkent davlat yuridik institutining (endilikda universitet) Xalqaro-huquqiy faoliyat fakultetiga oʻqishga kirgan va 1997-yilda aʼlo baholarga tamomlagan. Yuridik fanlar nomzodi. 1998—2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi izlanuvchisi. 1997-yilda Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani prokuraturasida ish oʻrganuvchi. 1998-yilning aprel-iyun oylarida Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani prokuraturasida tergovchi. 1998-yilning oktyabridan 1999-yilning iyuligacha Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Qibray tumanlari prokuraturasida tergovchi. 1999—2000-yillarda Toshkent viloyati prokuraturasining jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchisi. 2002—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchisi, katta tergovchisi. 2005-yilning yanvaridan avgustigacha Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani prokurori. 2005-yilning avgustidan oktyabrigacha axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi prokuratura organlarida tergovni nazorat qilish boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari. 2005-yilning oktyabr oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida faoliyat boshlagan. 2005—2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash masalalari boʻyicha yetakchi inspektori. 2009—2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining afv etish va fuqarolik masalalari boʻyicha bosh inspektori, Adliya, prokuratura va sudlar masalalari boʻyicha bosh inspektori. 2011—2014-yillarda Adliya vaziri oʻrinbosari – Adliya vazirligi tarkibidagi Qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish Bosh boshqarmasi boshligʻi. 2014—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimga tavsiya etish boʻyicha Oliy malaka komissiyasining raisi. 2015—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis, jamoat va siyosiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish boʻyicha 3-davlat maslahatchisi. 2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi. 2018-yil 31-yanvarda Oʻzbekiston Prezidentining PF-5320-sonli farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi 5-Bosh prokurori etib tayinlanganhttps://www.xabar.uz/uz/siyosat/ozbekistonning-yangi-bosh-prokurori-otabek-murodov. 2018—2019-yillarda – Oʻzbekiston milliy kurash federatsiyasi prezidentiNigʻmatilla Yoʻldoshev Oʻzbekiston milliy kurash federatsiyasiga rais etib saylandi. 2019-yil 20-iyun kuni Bosh prokuror lavozimidan boʻshatilgan va sobiq bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev ishi doirasida tergovga jalb qilinganBosh prokuror qamoqqa olindi. 18-sentyabr kuni qamoqqa olinganManba: Otabek Murodov qamoqqa olindi. 2020-yil 25-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudi qarori bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Qonunchilik faoliyati Koʻplab qonun loyihalari, jumladan: „Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida“gi (2008-y.) „Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish toʻgʻrisida“gi (2010-y.) „Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida“gi (2011-y.) „Huquqbuzarliklarning oldini olish toʻgʻrisida“gi (2014-y.), „Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida“gi (2016 y.) „Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida“gi (2017-y.) „Oʻzbekiston Respublikasi Saylov Kodeksi“ (2019-y.) Qonunlarini ishlab chiqishda tashabbuskor va bevosita ishtirokchi boʻlgan.

Mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 28- avgustdagi farmoniga binoan „Jasorat“ medali bilan taqdirlangan (shu jumladan, Ichki ishlar organlari xodimi boʻlgan A. B. tomonidan 1998-2000 yillarda 9 nafar qizni zoʻrlash va qasddan qotillik sodir etish boʻyicha jinoyatlarni tergov yoʻli bilan fosh qilganligi uchun. Jinoyatchi eng oliy jazoga hukm qilingan).

Jamoatchilik faoliyati 2017—2018-yillarda „Taraqqiyot strategiyasi markazi“ NNT vasiylik kengashi raisi. 2018—2019-yillarda – Toshkent davlat yuridik instituti vasiylik kengashi raisi. 2018—2019-yillarda – Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya raisihttps://www.gazeta.uz/oz/2019/05/07/attorney-general/. 2017—2018-yillarda-davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiya raisi (2017—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasining 1-yoʻnalishi). 2018—2019-yillarda-sud-huquq sohasini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiya raisi (2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasining 2-yoʻnalishi). Rus va ingliz tillarini biladi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar