Boshqotirma (inglizcha: Inside Out) 2015-yilda ekranlarga chiqarilgan komediya-drama janridagi AQSh kompyuter-animatsion filmidir. Pixar Animatsion Studios tomonidan ishlangan va Walt Disney Pictures tomonidan tarqatilgan.

Syujeti Riley — oddiy 11 yashar qizaloq. Har birimizning kabi uning ham xulq-atvoriga asosiy besh hissiyot — Quvonch, Qaygʻu, Qoʻrquv, Tannozxon va Gʻazab taʼsir etadi. Hissiyotlar uning ongida yashaydilar va uning harakatlarini boshqarib, kundalik hayotdagi barcha muammolarni hal etishga yordam beradilar. Aniq kunga qadar hissiyotlar ahillikda kun kechiradilar. Biroq, Riley va uning oilasi kichkina shinam shahardan katta, shovqun-suronli megapolisga koʻchib ketishlariga toʻgʻri keladi. Hissiyotlarning har biri bunday qiyin ahvolda qanday toʻgʻri yoʻl tutish kerakligini yolgʻiz oʻzi biladi deb oʻylaydi va qizchaning boshida tushunarsizlik, sarosima yuzaga keladi. Katta shaharda hayotini bir izimga solish, yangi maktabga koʻnikish va doʻstlar orttirish maqsadida Rileyning hissiyotlari yana ahillikda harakat qilishni oʻrganishlari kerak boʻladi. Ovoz berganlar

Manbalar

Havolalar Disneyʼda Pixarʼda Inside Out Production Notes

Turkum:2015-yil filmlari Turkum:2015-yil multfilmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:Walt Disney Pictures filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:2015-yil 3D-filmlari Turkum:IMAX filmlari Turkum:Pete Docter filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar