„Transformers: Revenge of the Fallen“ () — amerika ilmiy-fantastik filmi. „Transformers“ kinofranshizasi doirasidagi ikkinchi kartina. „Transformers“ (2007) filmining davomi. 2009-yilda ekranlarga chiqqan. Hasbro kompaniyasining ayni nomdagi oʻyinchoqlar seriyasi asosida yaratilgan. Filmga Michael Bay rejissyorlik qilgan. Ssenariyni Ehren Kruger, Roberto Orci va Alex Kurtzman yozgan. Bosh rollarni Shia LaBeouf, Megan Fox, Josh Duhamel, Tyrese Gibson, John Turturro va boshqalar ijro etgan.

Film 2009-yil 8-iyunda Yaponiyaning Tokio shahrida premyera qilingan. AQSHda 2009-yil 24-iyunda prokatga chiqarilgan. Kinotanqidchilar tomonidan salbiy kutib olingan. Butun jahon boʻylab prokatda 836,5 million dollar ishlab topgan va shu yilning eng kassabop filmlari qatoridan oʻrin olgan. „Eng yaxshi ovoz“ yoʻnalishida „Oscar“ mukofotiga nomzod etib koʻrsatilgan (2010).

Rollarda

Shia LaBeouf — Sam Witwicky Megan Fox — Mikaela Banes Josh Duhamel — William Lennox Tyrese Gibson — Robert Epps John Turturro — Seymour Simmons Ramón Rodríguez — Leo Spitz Kevin Dunn — Ron Witwicky Julie White — Judith Witwicky Isabel Lucas — Alice John Benjamin Hickey — Theodore Galloway Glenn Morshower — general Morshower Matthew Marsden — Graham Rainn Wilson — professor R. A. Colan Michael Papajohn — Colin (Cal) Banes

Ovoz berganlar thumb|upright=0.8| „Universal Studios Florida“ istirohat bogʻida Optimus Primega oʻrnatilgan haykal. Peter Cullen — Optimus Prime Hugo Weaving — Megatron Tony Todd — Fallen Mark Ryan — Jetfire Jess Harnell — Ironhide Robert Foxworth — Ratchet Charlie Adler — Starscream Frank Welker — Soundwave, Reedman, Devastator Tom Kenny — Wheelie Reno Wilson — Mudflap Grey DeLisle — Arcee Calvin Wimmer — Demolishor John DiCrosta — Scalpel Michael York — Prime #1 Kevin Michael Richardson — Prime #2 Robin Atkin Downes — Prime #3

Musiqasi

Manbalar

Havolalar

Turkum:Transformers (kinofranshiza) Turkum:2009-yil filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:DreamWorks Pictures filmlari Turkum:Paramount Pictures filmlari Turkum:Robotlar haqidagi filmlar Turkum:IMAX filmlari Turkum:Michael Bay filmlari Turkum:Intiqom haqidagi filmlar Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:Oʻzga sayyoraliklar haqidagi filmlar