Alice moʻjizalar mamlakatida — 2010-yilda suratga olingan amerikancha gotik dahshatli fantastika janridagi sarguzasht filmi boʻlib, rejissyori Tim Burton, ssenariysi Linda Woolverton tomonidan yozilgan va Walt Disney Pictures tomonidan ishlab chiqarilgan. 1951-yilda yaratilgan xuddi shu nomdagi Wolt Disneyning asl animatsion toʻliq metrajli filmining jonli aktyorlar ishtirokidagi remeyki boʻlgan bu filmda bosh rolni jonli aktyor ijrosida Mia Wasikowska oʻynagan. Shuningdek, filmda Johny Depp, Anne Hathaway, Matt Lucas, Helena Bonham Carter va Crispin Glover rol ijro etadilar hamda Alan Rickman, Stephen Fry, Michael Sheen, Timothy Spall, Christopher Lee, Paul Whitehouse, Barbara Windsor va Michael Gough ovoz berishadi. Lewis Carroll asarlarining jonli aktyorlar ishtirokidagi ekranlashtirilishi va remeyki boʻlgan film syujeti oʻn toʻqqiz yoshli Alice Kingsleigh haqida boʻlib, u quyon iniga tushib ketadi va yana Moʻjizalar mamlakatiga qaytadi. U yerda Mad Hatter bilan birga Oq malikani taxtiga qaytarishga urinadi. Buning uchun ular Qizil malika va Moʻjizalar mamlakati aholisini xavf ostiga qoʻygan Jabberwock nomli ajdarhoga qarshi kurashishlari kerak boʻladi.
Alice moʻjizalar mamlakatida ustida ish 2007-yil dekabrida boshlandi, oʻshanda Tim Burtonga Disney uchun, jumladan Frankenweenie remeykini ham oʻz ichiga olgan, ikkita 3D film suratga olish taklif qilingan edi. Ishlab chiqarish 2008-yil sentabrida boshlangan va uch oy ichida yakunlangan; suratga olish jarayoni Birlashgan Qirollik va Qoʻshma Shtatlarda olib borilgan. Shundan soʻng keng qamrovli post-produksiya va vizual effektlar bosqichi boʻlib oʻtdi, bunda suratga olish jonli aktyorlar ishtirokidagi va motion-capture (harakatni qoʻlga kiritish) sahnalarini oʻz ichiga olgan. Burtonning doimiy hamkori Danny Elfman film uchun original mavzudagi qoʻshiq bastaladi. Premyera Londondagi Odeon Leicester Square kinoteatrida 2010-yil 25-fevralda boʻlib oʻtdi. Film Buyuk Britaniya va Qoʻshma Shtatlarda Disney Digital 3-D, RealD 3D va IMAX 3D formatlarida, shuningdek, oddiy kinoteatrlarda ham 5-mart kunidan boshlab namoyishga chiqarildi.
Film dunyo boʻylab 1,025 milliard dollardan ortiq daromad keltirdi va oʻz davridagi beshinchi eng kassabop filmga aylandi. Shuningdek, u 2010-yilning ikkinchi eng kassabop filmi hisoblanadiCorliss, Richard (May 13, 2012). „The Avengers Storms the Billion Dollar Club — In Just 19 DaysP“ . Time.. Disneyning jonli aktyorlar ishtirokidagi ekranlashtirishlari orasida olingan bu film Mulan bilan bir qatorda uchinchi eng qimmat loyiha va shu kungacha boʻlgan toʻrtinchi eng kassabop qayta ekranlashtirilgan film hisoblanadi. Film 68-Oltin globus mukofotlarida uchta nominatsiyaga sazovor boʻlgan. Ulardan biri „Eng yaxshi kinofilm — myuzikl yoki komediya“ nominatsiyasi edi. 83-"Oskar" mukofotida u „Eng yaxshi badiiy bezak“ va „Eng yaxshi liboslar“ nominatsiyalarida gʻolib boʻldi hamda „Eng yaxshi vizual effektlar“ uchun nomzod sifatida koʻrsatilgan. Film ko‘plab boshqa mukofotlarni ham qoʻlga kiritgan.
Oʻz janrida birinchi film boʻlmasa-da, Alice moʻjizalar mamlakatida ayniqsa Wolt Disney studiyalari tomonidan jonli aktyorlar ishtirokidagi ertak va fantastika filmlarini suratga olish boʻyicha yangi bir tendensiyani boshlab bergan, deb hisoblaniladi.
Film sikveli boʻlgan Alice sehrli oyna ortida filmi 2016-yil 27-mayda chiqarilgan.
Rollarda Mia Wasikowska — Alice Johnny Depp — Tarrant Hightopp, shlyapadoʻz Anne Hathaway — Marmorealli Mirana, Oq qirolicha Helena Bonham Carter — Crimsli Iracebeth, Qizil qirolicha Crispin Glover — Ilosovic Stayne Matt Lucas — Tweedledee va Tweedledum
Musiqasi
Manbalar
Havolalar
Turkum:2010-yil filmlari Turkum:2010-yil 3D-filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:AQSh fentezi filmlari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari Turkum:IMAX filmlari Turkum:Walt Disney Pictures filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Tim Burton filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar