„The Incredible Hulk“ () — 2008-yilda chiqarilgan superqahramonlik filmi; „Marvel kinematografiya koinoti“ (MKK) mediafranshizasidagi ikkinchi film. Marvel Comics komikslaridagi ayni nomli personajga asoslangan. Marvel Studios kinostudiyasi tomonidan ishlangan, Universal Pictures tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Louis Leterrier rejissyorlik qilgan. Bosh rollarni Edward Norton, Liv Tyler, Tim Roth, William Hurt, Tim Blake Nelson, Ty Burrell va Christina Cabot ijro etgan.
Film premyerasi 2008-yilning 8-iyunida Los-Anjeles shahrida boʻlib oʻtgan. Prokatlarda umumjahon boʻylab $265,5 million mablagʻ toʻplagan. Norton Marvel Studios bilan mojaroga borgani ortidan 2008-yildan keyin chiqarilgan MKK filmlarida Hulk obrazini Mark Ruffalo jonlantirgan.
Rollarda Edward Norton — Bruce Banner Liv Tyler — Betty Ross Tim Roth — Emil Blonsky / Abomination William Hurt — Thaddeus Ross Tim Blake Nelson — Samuel Sterns Ty Burrell — Leonard Samson Christina Cabot — Kathleen Sparr
Manbalar
Havolalar
Turkum:2008-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Superqahramonlar haqidagi AQSh filmlari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:Marvel kinematografiya koinoti filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Universal Pictures filmlari Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar