Ralph internetga qarshi () 2018-yilda ekranlarga chiqarilgan 3D formatdagi kompyuter-animatsion film boʻlib, Walt Disney Animation Studios tomonidan ishlangan va Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgan. 2012-yilda chiqarilgan Wreck-It Ralph filmi davomi hamda 57-toʻliq metrajli Disney animatsion filmi. Filmda bosh qahramonlarga John C. Reilly, Sarah Silverman, Jack McBrayer, Jane Lynch, Taraji P. Henson, Alan Tudyk va Gal Gadot ovoz berishgan. Filmning ilk namoyishi 2018-yilning 21-noyabrida AQShda boʻlib oʻtgan.

Syujeti Filmda birinchi film voqealaridan olti yil oʻtgach oʻyin avtomatlari galereyasiga Janob Litwak tomonidan Wi-Fi router ulanishi ortidan Wreck-It Ralph () Internet maʼlumot boʻshligʻida boshidan kechirgan sarguzashtlar haqida hikoya qilinadi.

Ovoz berganlar John C. Reilly — Wreck-It Ralph Fix-It Felix Jr. nomli xayoliy arkada oʻyinidagi ikkinchi darajali qahramon. Bahaybat jussaga ega boʻlsa-da, koʻngilchandir. Sarah Silverman — Vanellope von Schweetz Sugar Rush oʻyinidagi poygachi qiz. Jack McBrayer — Fix-It Felix Jr. Fix-It Felix Jr. oʻyinidagi asosiy qahramon. Sergeant Calhounning eri. Jane Lynch — Sergeant Tamora Jean Calhoun Heroʻs Duty oʻyinidagi asosiy qahramon. Fix-It Felix Jr.ning rafiqasi. Taraji P. Henson — Yesss BuzzTubedagi eng ommabop videolarni aniqlovchi algoritm. Alan Tudyk — KnowsMore Qidiruv tizimi. Gal Gadot — Shank Slaughter Race oʻyinidagi poygachi ayol. James Corden Ana Ortiz Susan Lucci — Susan Bill Hader — JP Spamly

Manbalar

Havolalar

Turkum:2018-yil filmlari Turkum:2018-yil multfilmlari Turkum:2018-yil 3D-filmlari Turkum:Walt Disney Pictures filmlari Turkum:IMAX filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:Parallel olamlar haqidagi filmlar Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:4DX-filmlar Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari Turkum:Rich Moore filmlari Turkum:2018-yil kinokomediyalari